Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin konstitutsiyaga tuzatmalar kiritish bo‘yicha ovoz berishning yangi sanasini belgiladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya konstitutsiyasiga tuzatmalar kiritish bo‘yicha umummilliy ovoz berish o‘tkaziladigan sanani e'lon qildi. Dastlab ovoz berish 22 aprelga belgilangan edi, biroq koronavirus pandemiyasi sababli keyinga qoldirilgan.
Rossiya markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova 1 iyul ovoz berish uchun har tomonlama qulay sana ekanini aytgan. Uning ta'kidlashicha, ovoz berish bir hafta davom etadi. “Biz fuqarolarimiz o‘zlariga qulay bo‘lganda, ovoz berish vaqtida aloqalarni minimallashtirish va kasallanish ehtimollarini nolga keltirish maqsadida ovoz berishni nafaqat belgilangan sanada, balki asosiy sanagacha 6 kun davomida o‘tkazishni taklif qilmoqdamiz”, deb aytgan Pamfilova.
Shuningdek, saylov komissiyasi ovoz berish jarayonini yengillashtiradi.
Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova ovoz berish mamlakatda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni yomonlashtirmasligini aytgan. Uning aytishicha, 1 iyulgacha yana ikkita inkubatsion davr o‘tadi.
O‘z navbatida, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ovoz berish sanasi - 1 iyul, chorshanba kuni dam olish kuni bo‘lishini ma'lum qilgan.
Konstitutsiyaga kiritish taklif qilinayotgan tuzatmalar orasida Putinning prezidentlik muddatlarini nollashtirib, yangitdan hisoblash taklifi ham bor.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026