Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyadagi ish beruvchilarga masofadan ishlayotgan xodimlarning ijara haqini to‘lash majburiyati yuklandi
Shveytsariyadagi ish beruvchi korxonalarga masofadan turib ishlayotgan xodimlarining turarjoyi ijara haqining bir qismini qoplash majburiyati yuklandi. Bu haqda Swissinfo.ch yozmoqda.
Lozannadagi federal sud agar xodim «uy ofisi rejimi»ga o‘tkazilgan bo‘lsa, ish beruvchilar xodimning turarjoyi ijara haqining bir qismini qoplab berishi shartligi to‘g‘risida qaror chiqardi.
Qaror o‘zining ikki xonali kvartirasi oshxonasini ish kabinetiga aylantirishga majbur bo‘lgan buxgalteriya kompaniyasining xodimlaridan birining da'vo arizasini qanoatlantirish asnosida qabul qilingan.
Ish beruvchi sudda ularning xodim bilan kelishuviga ko‘ra hech qanday moddiy kompensatsiya nazarda tutilmaganini ta'kidlagan. Biroq sud baribir xodim tomonida turgan.
Endi shveysariyalik xodimlar ishdan bo‘shagan yoki bo‘shatilgan bo‘lsa kompensatsiyani orqa sana bilan rasmiylashtirishlari ham mumkin. Har oyilik kompensatsiya miqdori 150 shveysariya franki (154 AQSh dollari) miqdoriga teng bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
20:20 / 14.06.2026