Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Teatrlar va muzeylar monetizatsiya qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 23.05.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasida muzey va teatrlarning marketing faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi 325-son qarori qabul qilindi.
«Jonli muzey» va «Muhtasham teatr» loyihalari doirasida Madaniyat vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga mamlakatimizdagi muzey va teatrlarda interfaol zonalarni yaratish, xorijlik turistlar uchun aktyorlarning chiqishlarini sinxron tarjima qilish tizimi joriy etiladi yoki matnlarni tarjima qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan elektron monitor-tablo o‘rnatiladi. Mazkur obektlarda gid-tarjimon, marketolog hamda teatr va muzeylarning xizmatlarini monetizatsiya qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimlari joriy etiladi.
Norma’ning yozishicha, shuningdek marketing va xizmatlar monetizatsiyasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari muzeylar saytlari, QR-kodlari, ilovalarini ishlab chiqish, aeroportlar, jamoat joylari, vokzallar, reklama obektlari va kioskalarda, avia- va temir yo‘l transport vositalarining bortlarida madaniyat obektlari to‘g‘risida ma'lumot beruvchi materiallarni joylashtirishni o‘z ichiga oladi.
Madaniyat va san'at muassasalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda chiptalarni xarid qilish bo‘yicha operatsiyalarning yagona elektron tizimi joriy etiladi. 2020 yil 1 avgustdan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri va Buxoro davlat muzeyida ushbu tizim ishga tushiriladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga mehnat qonunchiligi doirasida madaniyat obektlarining ish vaqtini uzaytirish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritish topshirildi.
Hujjat 23.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
17:54 / 06.06.2026
Qo‘g‘irchoq teatri san’ati an’analarini asrab qolish alohida ahamiyatga ega – Saida Mirziyoyeva
15:09 / 01.06.2026
Spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga qo‘shimcha gonorar to‘lanadi
10:42 / 30.04.2026
Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi uchta teatrni ko‘zdan kechirdi
15:32 / 09.04.2026