Toshkent viloyatida 3500ga yaqin karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlandi
1 iyundan boshlab «qizil» toifaga kiritilgan hududlarda kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkaziladi.
Toshkent viloyatida 31 may kun o‘tkazilgan tadbirlar davomida fuqarolar tomonidan karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq 1 722 ta holat qayd etilgan bo‘lsa, 30 may kuni 1 476 ta holat qayd etilgan.
Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ikki kun davomida 3 113 nafar fuqarolar karantin qoidalarini buzmaslik yuzasidan rasmiy ogohlantirilgan.
31 may kuni aniqlangan holatlarning 400ga yaqini Zangiota va Qibray tumanlari hamda Angren shahriga to‘g‘ri kelsa, 30 mayga ham Zangiota va Qibray tumanlari hamda Chirchiq shahri bilan birga 380dan ortiq holatlar to‘g‘ri keladi.
Toshkent viloyati IIBB YHXB inspektorlari tomonidan 31 mayda 141 nafar haydovchi tomonidan karantin qoidalarini buzish aniqlangan bo‘lsa, 30 may kuni 108 ta bo‘lgan. Transport vositasini hujjatsiz boshqarish bo‘yicha 31 may - 463 ta, 30 may - 265 ta holat aniqlangan. Shuningdek, transport vositasini mast holda boshqarish bilan bog‘liq 31 may - 7 ta, 30 may - 15 ta holat aniqlangan. Shu va boshqa turdagi qoidabuzarliklar bilan karantin tadbirlari boshidan hozirgi kunga qadar 15 560 ta avtotransport vositalari jarima maydoniga joylashtirilgan.
Barcha aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.
Shuningdek, 1 iyun kunidan boshlab Toshkent viloyati IIBB va hamkorlikdagi tashkilotlar vakillaridan tuzilgan maxsus guruh tomonidan karantin qoidalariga amal qilish yuzasidan, «qizil» toifaga kiritilgan hududlarda kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkaziladi.
«Hurmatli fuqarolar! O‘rnatilgan cheklovlar va qoidalarga amal qilishingiz o‘zingiz va yaqinlaringiz, qolaversa, har bir fuqaro sog‘ligining garovidir. Karantin qoidalariga qat'iy amal qiling», - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
22:14 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida IIVning o‘q otish poligoni quriladi
08:30 / 04.11.2024
DXX Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
13:41 / 02.11.2024
Toshkent viloyatida bolalar uchun berilgan oziq-ovqatni bog‘chadan olib ketayotgan mudira ushlandi
12:10 / 29.10.2024