Xatlangan mashina 70 mln so‘mlik ijroni tezlashtirib yubordi
Farg‘ona tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi fermer xo‘jaligi 2016 yilda “Asaka banki” Farg‘ona viloyat filialidan 3 yil muddatga 1 mlrd. so‘mga kredit mablag‘larini olib, faoliyatini kengaytirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Bank kredit foizlarini oldindan hisob-kitob qilmagan shekilli, kredit qarzi va unga hisoblangan foizlarni grafik asosida bankka qaytarishga kelganda majburiyatini bajarishni unutgan. Bank o‘zi harakat qilib ko‘rgan, lekin foydasi bo‘lmagach, o‘rtaga sud qarori asosida Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilari tushishgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 25.11.2019 yildagi qaroriga asosan qo‘zg‘atilgan ijro hujjati bo‘yicha navbatma-navbat bankdan kredit olish uchun garovga qo‘yilgan mol-mulklarni xatlash boshlangan. Bankka “qora”sini ham ko‘rsatmay yurgan fermer unga yaxshilik qilish maqsadida garovga o‘z mulklarini qo‘ygan qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi korxona hamda ikki nafar fuqarolarni ham qiyin ahvolga solib qo‘ygan.
Garovga qo‘yilgan mulklar xatlana boshlangach, fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslarining paytavasiga qurt tushgan ko‘rinadi. Ular tomonidan bankka 400 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lab berilgan.
22.05.2020 yilda qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi korxona balansida bo‘lgan garovga qo‘yilgan yuk mashinasi xatlangach esa fermer shaxsan Byuroning Farg‘ona tuman bo‘limiga tashrif buyurib, eng oxirgi qarzdorlik 70 mln. so‘m hisobidan 7000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olib kelib topshirdi va ijro hujjati tamomlandi.
Mavzuga oid
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
17:12 / 30.10.2024
Alimentdan qochib yurgan otani “ilintirgan” xodim – MIB operatsiyasi tafsilotlari
23:19 / 10.10.2024
Yunusobod MIB xodimi depozitdagi qariyb 1 mlrd so‘mni o‘zlashtirib, onlayn qimorga tikib yubordi
20:45 / 10.09.2024