Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha choralarni ko‘rgan holda, buyum bozorlari faoliyatiga ham ruxsat bera boshlaymiz»
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 iyun kuni kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bosqichma-bosqich tashqi turizm va buyum bozorlari faoliyatiga ham ruxsat berila boshlanishini ma'lum qildi.
«1 iyundan boshlab ichki turizm rivojlanishiga e'tibor berdik. Shu bilan birga, tashqi turizmni ham, qayerda bizni qabul qilishga tayyor bo‘lsa, biz ham tayyor bo‘lamiz, darrov samolyotlarimizni uchiramiz. Mana, Turkiya bilan ham gaplashyapmiz, ular tashqi turizmni ochgach, biz ham ochamiz.
Shu bilan birga, odamlar menga juda ko‘p xatlar yozyapti, buyum bozorlarni ham ochish bo‘yicha. Shuning uchun hamma choralarni ko‘rib, buyum bozorlarga ham ruxsat berishni boshlaymiz.
Alohida reja qilib, Milliy gvardiya, ichki ishlar va mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda buyum bozorlarni ham... Darrov hammasini ochmasdan, yengillashtirish choralarini ko‘rib chiqish kerak. Lekin biz albatta karantinga juda katta e'tibor qaratamiz», – dedi Mirziyoyev.
Davlat rahbari shu sharoitda ishlash va yashashga o‘rganish zarurligini qayd etdi.
«Boshqa yo‘limiz yo‘q. Ish uslubimiz shunday bo‘lishi kerak. 50 foiz karantin, 50 foiz iqtisodiyot», – ta'kidladi prezident.
Eslatib o‘tamiz, 1 iyundan boshlab «yashil» va «sariq» hududlarda ichki turizm va sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyatiga ruxsat berildi.
Mavzuga oid
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
14:30 / 03.02.2026