«Sariq» va «yashil» hududlarda sport seksiyalari, sport zallari va fitnes klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan 1 iyundan «sariq» va «yashil» hududlarda sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyatiga ruxsat berildi.

Foto: International wealth
Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan futbol bo‘yicha xalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda qatnashish maqsadida, professional futbol klublariga o‘quv-mashg‘ulotlarni sanitariya qoidalari va gigiyena talablariga muvofiq holda boshlashga, 2020 yil 5 iyundan esa O‘zbekiston professional futbol ligasi musobaqalarini davom ettirishga ruxsat berildi. Albatta, futbol o‘yinlari tomoshabinlar ishtirokisiz o‘tkaziladi.
Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan onlayn videokonferensiya Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra «sariq» va «yashil» hududlarda sport mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalariga bag‘ishlandi.
Unda vazirning tegishli buyrug‘iga muvofiq karantin davrida faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublarining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha vaqtinchalik talablar o‘qib eshittirildi.
Buyruqqa muvofiq, uch kun muddatda amaldagi karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda «sariq» va «yashil» hududlarda joylashgan sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Qolaversa, sport inshootlari (shu jumladan, ochiq maydonlar)ga kirish-chiqish joylarida fuqarolarning tana haroratini pirometrlarda o‘lchash, 37 daraja va undan yuqori tana harorati bo‘lgan fuqarolarni sport inshootlariga kiritmaslik va bu haqda sog‘liqni saqlash bo‘limlariga xabar berish, sport tadbirlari hamda badantarbiya mashg‘ulotlarini soat 07.30 dan 18.30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida tashkil etishga qat'iy amal qilinadi.
Shuningdek, sport tadbirlarini o‘tkazishda suzish havzalaridan aslo foydalanmaslik hamda sport ta'lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘ymaslik ko‘zda tutilgan.
Har bir sport inshootida muntazam ravishda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilib, sport tadbirlari va badantarbiya mashg‘ulotlarini hududlarda o‘tkazish bo‘yicha mahalliy hokimliklar, hududiy sog‘liqni saqlash va ichki ishlar boshqarmalari bilan kelishish, mahallalarga biriktirilgan trenerlar tomonidan reja asosida masofani saqlagan holda mahalliy aholi bilan badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazilishi belgilangan. Bunda sport tadbirlari va badantarbiya mashg‘ulotlari davomida mahalliy aholini bir joyda to‘plamaslik choralari ko‘riladi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qorako‘l hokimi 600 mln so‘m pulni to‘lamaslik uchun fermerga bosim qilyapti – Fermerlar kengashi vakili
O‘zbekiston | 10:03
-
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00
-
Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi
Jamiyat | 09:36
-
Rossiyaning Odessaga zarbasi: kamida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi
Jahon | 09:14
Mavzuga oid

20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi

18:01 / 13.02.2025
O‘zbekiston qishki Osiyo o‘yinlari tarixida ikkinchi yaxshi natijasini ko‘rsatdi

15:12 / 13.02.2025
“Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakati boshlanadi

14:44 / 13.02.2025