Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zararli chigirtkalar 327,4 ming gektar maydonda tarqalgani aniqlandi - FVV
309,6 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi.
Foto: FVV matbuot xizmati
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan zararli chigirtkalarni kirib kelishini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.
Qayd etilishicha, joriy yilda zararli chigirtkalarning respublika hududiga kirib kelishini oldini olish uchun joylarda 597,9 ming gektarda kimyoviy ishlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha zararli chigirtkalarning 327,4 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 309,6 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi. Mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan bugungi kungacha zararli chigirtkalarga qarshi 397 ming gektar maydonda ishlovlarni o‘tkazishni ta'minlaydigan kimyoviy vositalar zaxirasi yaratilgan.
Ushbu tadbirlarga 500dan ortiq maxsus texnikalar va 700 nafardan ortiq ishchilar jalb qilingan.


Bu ishlar qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Jumladan Qozog‘iston, Turkmaniston hamda Qirg‘iziston shular jumlasidan ekani aytiladi.
Mavzuga oid
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
23:08 / 18.04.2026
Qoraqalpog‘istonda YTH natijasida avtomobil salonida qisilib qolgan haydovchi qutqarildi
21:10 / 04.04.2026