30 kishilik to‘yga kimlarni taklif qilish mumkin?
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva ruxsat berilgan 30 kishilik to‘ylarni o‘tkazishda qanday talablarga amal qilish lozimligi bo‘yicha ma'lumotlar berdi.
– Maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2020 yil 1 iyundan boshlab "yashil" hududlarda bir qator faoliyat turlari qatorida oilaviy tantana, to‘y, ma'raka va marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berildi. Bunda tantana va marosimlar faqatgina fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazilishi majburiydir.
30 kishilik tarkibga birinchi navbatda, oilaviy tantana va to‘y egalari, ma'raka va marosim tashkil etuvchilar, ularning yaqin qarindoshlari, qo‘ni-qo‘shnilarning kam sonli vakillari kiritiladi. Shuningdek, oilaviy tantana va to‘y egalarining istaklariga ko‘ra, ishtirokchilar sonidagi cheklov doirasida xonanda va boshqa xizmatlarni bajaruvchi xodim qatnashishi mumkin.
Oilaviy tantana, to‘y, ma'raka va marosimlarni o‘tkazishda quyidagilarga qat'iy amal qilish talab etiladi:
- Oilaviy tantana, to‘y, ma'raka va marosimlarni faqat maxsus komissiya tomonidan belgilangan “yashil” toifadagi hududlarda o‘tkazish (dafn marosimlari bundan mustasno);
- “Yashil” toifadagi hududlarda o‘tkaziladigan oilaviy tantana, to‘y, ma'raka va marosimlarda ishtirokchi etuvchilar sonini 30 kishidan oshirmaslik;
- Oilaviy tantana, to‘y, ma'raka va marosimlarni o‘tkazishda sanitariya va gigiyena talablariga qat'iy rioya etish.
Karantin davrida oilaviy tantana, to‘y, ma'raka va marosimlarni o‘tkazishning belgilangan talablariga rioya qilmagan fuqarolar o‘rnatilgan tartibda ma'muriy javobgarlikka tortiladi, – dedi S. Boymirzayeva AOKAda o‘tkazilgan brifing chog‘ida.
Mavzuga oid
21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda
22:24 / 07.11.2022
Angliyada uy parrandalariga lokdaun e’lon qilindi
12:45 / 19.07.2022