Qo‘shib yuborish, qo‘shib olishga va aksiyalarni, ulushlarni olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish osonlashdi
Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ayrim ma'muriy reglamentlari tasdiqlandi.
Ularda monopoliyaga qarshi kurashish organidan quyidagi bitimlarga oldindan rozilik olish tartibi bayon etilgan:
xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir («Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 17-m.);
xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga doir («Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 16-m.).
Qo‘shib yuborish va qo‘shib olish – yuridik shaxslarni qayta tashkil etish shakllari. Birinchi holatda yangi yuridik shaxs yuzaga kelib, qayta tashkil etilayotganlarining huquq va majburiyatlari unga o‘tadi. Ikkinchisida – bir yuridik shaxs o‘z huquq va majburiyatlarini boshqasiga bergan holda unga qo‘shilib oladi. Ikkala holatda topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Norma’ning yozishicha, xizmatlardan foydalanish uchun jismoniy va yuridik shaxslar so‘rovnoma to‘ldirib, uni davlat xizmatlari markaziga yoki my.gov.uz orqali elektron shaklda taqdim etishlari zarur. So‘rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
murojaat qilingan sanadan oldingi ikki yil mobaynida amalga oshirilgan faoliyat turlari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ko‘rsatilgan xizmatlar), realizatsiya qilingan hajmlar to‘g‘risida ma'lumotlar;
o‘tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisoboti;
aksiyalar, ulushlar egalari to‘g‘risida axborot va b.
Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etganda 10 BHM (2 230 000 so‘m) to‘lash zarur. YaIDXP orqali elektron shaklda murojaat etganda 10 foiz chegirma beriladi (2 007 000 so‘m to‘lanadi).
So‘ngra so‘rovnoma Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmalariga yuboriladi. Har bir bosqichda murojaatning ko‘rib chiqilishini YaIDXP orqali kuzatib borish mumkin bo‘ladi.
Zarur axborot tizimlari ishlab chiqiladi, joriy etiladi va integratsiya qilinadi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Davlat xizmatlari agentligi tegishli texnik topshiriq tayyorlab, Axborot kommunikatsiyalari vazirligiga 20 kun ichida taqdim etadilar.
Hujjat 29.05.2020 yildan kuchga kirgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Transport vaziri gapi hukumat qarorini to‘xtatib qo‘ya oladimi? -taksichilar istalgan hududda ishlash erkinligi cheklanganicha qolmoqda
O‘zbekiston | 12:48
-
Parkentda uch bola cho‘kib ketgani yuzasidan jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 11:24
-
🔴LIVE:Isroil–Eron urushi uchinchi kunga o‘tdi. Voqealar qanday rivojlanmoqda?
Jahon | 11:12
-
Yaqin Sharqdagi «porox to‘ldirilgan bochka». Isroil va Eron ziddiyati tarixi
Jahon | 10:46
Mavzuga oid

17:54 / 20.05.2025
Utilizatsiya yig‘imi: bizda 3500 dollar, boshqalarda-chi?

20:40 / 12.05.2025
O‘zbekistonga avtomobil importi 3 barobarga quladi

14:14 / 01.05.2025
Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi 4 barobarga oshdi

13:39 / 28.04.2025