Sport | 09:21 / 04.06.2020
4117
1 daqiqa o‘qiladi

Tokio Olimpiadasi soddalashtirilgan formatda o‘tkazilishi mumkin

Yaponiya hukumati va 2020 yilgi Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi Tokioda Olimpiada va Paralimpiadaning soddalashtirilgan shaklda o‘tkazilishi imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Yomiuri nashri xabar berdi. 

Foto: AP Photo/Eugene Hoshiko

2020 yil 24 iyuldan 9 avgustgacha o‘tishi kerak bo‘lgan O‘yinlar koronavirus pandemiyasi sababli 2021 yilga ko‘chirilgandi. Avvalroq Xalqaro Olimpiya qo‘mitasida Tokio Olimpiadasini 2021 yilda ham o‘tkazishning imkoni bo‘lmasa, unda u ikkinchi marotaba ko‘chirilmasligi ma'lum qilingandi.

Olimpiada tashkilotchilari musobaqalarni to‘liq formatda o‘tkazishga umid qilishmoqda, biroq shu bilan birga uni soddalashtirilgan tartibda o‘tkazish variantini ham ko‘rib chiqishmoqda. Bunday variantda Olimpiadaning ochilishi va yopilishi marosimi ishtirokchilari soni qisqartiriladi. Shuningdek, stadionlardagi tomoshabinlar va Olimpiya qishlog‘ida yashash va uning tashqarisida harakatlanish vaqtida sportchilar soni cheklanadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid