Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan pichoqbozlik holati bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi
Ikki nafar yigit pichoq bilan yaralanib, shifoxonaga yetkazilgan.
Kecha, 5 iyun kuni soat 18:00 va 19:00 oralig‘ida, Shayxontohur tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida (eski “Archa” ko‘cha) yoshlar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, buning oqibatida ikki nafar yigit pichoq bilan yaralanib, shifoxonaga yetkazildi. Mojaroning boshqa qatnashchilarining shaxslari va ishtirokchilarning umumiy soni aniqlanmoqda.
“Ularni qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Hodisa Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining shaxsiy nazoratiga olindi”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:32 / 12.03.2026
Bekoboddagi pichoqbozlik bo‘yicha yana 4 o‘smir hibsga olindi
10:44 / 10.02.2026
Kompyuter o‘yinxonasida ikki bola pichoqlandi
17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
16:30 / 20.04.2025