8 iyundan o‘nta telekanalda «Sabru sadoqat» seriali namoyishi boshlanadi
«O‘zbekkino» milliy agentligi tashabbusi bilan suratga olingan «Sabru sadoqat» nomli besh qismli serial O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 100 yillik yubileyiga bag‘ishlab, 8 iyundan mamlakatning o‘nta telekanalida efirga uzatiladi.

Serial atoqli yozuvchi Said Ahmad va uning rafiqasi, shoira Saida Zunnunovaning hayotida 1950-1955 yillarda ro‘y bergan voqealarga asoslangan.
Bu davrda yosh oilaning yorqin umidlar va ulkan rejalarga to‘la baxtli va beg‘ubor hayoti bir onda ostin-ustun bo‘lib ketadi, Said Ahmad hibsga olinadi.
Endi bosh qahramonlarning hayoti qanday kechadi, ularni qanday sinovlar kutib turibdi, taqdir ularning muhabbatini qanday sinaydi? Serialni tomosha qilib, bu savollarning barchasiga javob topasiz.
«Avvaliga «Said bilan Saida» filmida, so‘ngra «Sabru sadoqat» serialida aks etgan voqealar haqiqatan ham Stalin qatag‘onining og‘ir yillarida ota-onam – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad va shoira Saida Zunnunovaning hayotlarida yuz bergan, — deydi ssenariy muallifi, Said Ahmadning qizi Nodira Husanxo‘jayeva. — Filmga otamning avtobiografik qissalari, ota-onamning bir-biriga yo‘llagan maktublari hamda onam, shoira Saida Zunnunovaning kundaliklari asos qilib olingan. Ota-onamning hayoti va ijodi bilan bog‘liq barcha qo‘lyozmalar, hujjat va xatlar uy arxivimizda avaylab saqlanmoqda. Otamning 100 yillik yubileyiga atab «O‘zbekkino»da yaratilgan ushbu serial O‘zbekiston telekanallarida namoyish etilishidan bag‘oyat xursandman».
«Said bilan Saida» filmi asosida yaratilgan serial teletomoshabinlarni o‘sha tarixiy davrga, ijod va ilhom muhitiga yetaklaydi. Sevgi, xiyonat, pushaymonlik, kechirimlilik, sadoqat, ezgulik — tomoshabinlar film qahramonlari bilan birga ularning ko‘nglidan o‘tgan barcha kechinmalarni his qiladilar.
Ta'kidlash lozimki, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Adiblar xiyoboni»ning ochilishi chog‘ida mumtoz asarlarni o‘rganish, ularning hayoti va ijodiy yo‘li haqida kitoblar nashr etish, filmlar yaratish muhimligini ta'kidlab o‘tgan edi. Ushbu ko‘rsatmaga muvofiq, Milliy agentlik tomonidan «Sabru sadoqat» teleserialining tayyorlanishi, o‘zbek xalqining yosh avlodini tarbiyalashdek muhim vazifaga hissa qo‘shayotganidan darak beradi.
Kinoserial 8 iyundan 12 iyungacha yurtimizning «Oʻzbekiston», «Madaniyat va maʾrifat», «Mahalla», «Oʻzbekiston tarixi», «ZO’R TV, «MY5», «Milliy TV», «Uzbekistan-online.uz», «Sevimli TV» (9-13 iyun), telekanallarida, shuningdek 20 iyun kuni «Kinoteatr» telekanalida namoyish etiladi.
Rustam Iqbol
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chustda yordamchisini kaltaklagan sud raisi jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 14:56
-
“Yetim qolgan nevaralarim ko‘ziga qaray olmayapman” - Popda oyog‘i sinishi bilan operatsiya qilingan bemor vafot etdi
Jamiyat | 14:46
-
Osiyodagi eng chuqur g‘or joylashgan qishloq – Dehibolo | Manzil
O‘zbekiston | 14:38
-
Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 14:36
Mavzuga oid

15:18 / 04.11.2023
«Oftob oyim» – vatanga sadoqat haqida hayotiy hikoya

15:38 / 02.10.2023
“Davlat kino sohasida bugungi shovqin-suronni emas, ertangi shon-sharafini o‘ylab ish qilsin» – kinoshunos

15:13 / 01.10.2023
Choy, kofe tashishdan kinorejissyorlikkacha – “dahshatlar qiroli”dan 1 dollarga hikoya sotib olgan o‘zbek qizi

11:12 / 21.09.2023