Kinoşunos Şohida Eşonboboyeva, san’atşunos-jurnalist Iqbol Qöşşayeva va rejissyor Sarvar Karimov Kun.uz’ga bergan intervyusida bugungi özbek kinosi, undagi saviyasizlik va bu saviyasizlikdan çiqiş yöllari haqida fikrlarini bildirdi.

Sarvar Karimov özbek kinolari, ular joylanadigan va muhokama qilinadigan yagona platforma yöqligi haqida

— Biz kinoçilarga bir platforma kerak. Dunyoda imdb.com sayti bor. Öşa yerda har qanday kino haqida ma’lumot topiş mumkin, rejissyordan tortib eng kiçik ijodkorgaça. U yerda olingan filmlarga haqqoniy reytinglar beriladi. Rossiyada ham kinopoisk.ru sayti bor. Biz çiqib olib «kino-kino» deymiz-ku, lekin bitta saytimiz ham yöq şunday. Men deylik, «Osiyo ustida böron» degan kinoni körmoqçiman, xöş, uni qayerdan köraman? Qaçongaça YouTube'da kino köramiz, şarmandalik emasmi bu? 5 yildan beri milliy Neftlix oçamiz deyişadi, lekin qani u? Biz 21-asrda yaşayapmiz. Hu özbek kinosi boşlanganda olingan kinolardan tortib hozirgaça bölgan kinolar bitta platformada yiğilişi kerak. Unga pul tölamasligimiz ham kerak, çunki u kinolarga biz yoki ota-bobolarimiz pul tölab qöyişgan, davlat budjetidan sarflangan pul.

Öşa «Osiyo ustida böron» filmining rassomi kim bölgan, deb izlasak, qayerdan topamiz? Ma’lumot yöq. Qiyinmi şu eski tasmadagi kinolarni bir platformaga olib, ma’lumot kiritib qöyiş. Deylik, «Şamollarda qolgan hislarim» kinosi haqida ma’lumot izlasam, hammasini topaman. Bölar-bölmas kinoga milliardlab pul sarflamay, şu bor kinolarimizni saqlab qoliş, platformaga kiritişni öylaşsa bölmasmidi? Butun boşli 36 mln xalqi bor davlatda kino san’atiga bağişlangan jurnal yöq — şarmandalik. Yuzta, mingta çiqsa ham, jurnal bölişi kerak, axir hujjat u, arxivga qoladi, heç bölmasa.

Çet elda bir kinoni har xil yoş va har xil sohadagi odamlarga körsatib, ulardan yozma ravişda taassurotlarini olişadi. Şunga köra özgartirişlar kiritişadi. Ya’ni tomoşabinlar bilan ham hisoblaşişadi. Bozorga çiqişidan oldin özini oqlaşini bilib olişadi.

Şohida Eşonboboyeva olinayotgan filmlarga majburan tiqiştiriladigan davlat mafkurasi haqida 

— Tarixiy bölsin yo boşqa janrdagi kino bölsin, tayyor bölgaç, ğoyadan taşqari bölgan, kimgadir yoqiş uçun qöşimça, börtib turadigan sahnalar, qöşimçalar kiritişmasin. Yaqinda premerasi bölgan Abdulla Oripov haqidagi filmda ham şunday bölgan. Tomoşabinlar juda yaxşi biladi bunday börtiq kadrlarni. Keçagi ötmişda şunday edi, şu narsadan qoçiş kerak endi. Bu narsa allaqaçon özining notöğri ekanini isbotladi.