Bu hikoya adibning surgunda keçgan hayoti lager-qamoqxonada körgan-keçirganlari jamlangan «Qoraköz majnun» nomli töplamdan örin olgan. Hikoyada yaponlar va ularning vatani oldidagi burçiga naqadar sodiqligi bayon etiladi.
Said Ahmadning rassomlik qobiliyati bölgani uçun uni çizişga oid yumuşlarga mas’ul qilib qöyişadi. Unga yordamçi qilib esa Dyun ismli yapon yigitini tayinlaşadi. Dyunning yurak öynoqi kasali borligi uçun ham osonroq işga jalb qilişgandi. Şu kunlarda lagerdagi yaponlar tez-tez töplanadigan, odatdagidan köra xursand yuradigan bölib qolişgandi. Said Ahmad buning sababini şerigidan söraganida, Dyun yaqinda yaponlar yurtiga qaytarilişini aytadi.
Ammo yozuvçini yana bir jumboq qiynardi. Kirxonada işlovçi Sudze ismli yigit bor edi. U ham yapon edi-yu, ammo heç yaponlarga qöşilmasdi. Körinişi ham barvasta, baquvvat, qoşlari qaldirğoç qanotidek çiroyli edi. Har tong quyoş çiqişini kirxona tomida kutib olar, öz tilida bir nimalar deb, quyoşga tavallolar qilar edi. Odatdagi tez-tez töplanişlarning unga ahamiyati yöqdek edi.
Qiziqiş ustunlik qilib bir kuni Said Ahmad Dyundan Sudze haqida söraydi. Ayon bölişiça, Sudze geyşa ayolning Portugaliya matroslaridan orttirgan bolasi ekan. Şuning uçun muşaklari baquvvat, gavdali yigit emiş. Aslida yapon geyşalari oddiy suyuqoyoq ayollar emas, balki bilimli, öqimişli, şirinsöz, har sohadan xabardor gözallar edi. Ular butun vujudi bilan vatani Yaponiyaga xizmat qilar, yurti manfaatlarini har qanday narsadan ustun qöyardi.
Sudze ösmirlik çoğidanoq imperator saroyida tarbiya topdi. Eng yaxşi kiyimlarni kiyib, eng yaxşi narsalarni yeb ulğaydi. U kamikadzelik uçun yetiştirilayotgandi. Kamikadze esa duşman hududiga samolyotda bomba bilan yuboriladigan va öşa bombaga qöşilib portlab ketişi lozim bölgan odam edi. Sudze esa bundan böyin tovlaydi.
Yaponiyada odat şunday ekanki, öz burçidan yuz ögirganlar urilmas-sökilmas, böyniga ğildirak osib qöyilarkan. Ikki qölini ham qöşib boğlanarkan. Bu ğildirak uni na yotiş, na biror narsa yeb-içiş, na eşikka siğib, biror uyga kirişga yöl qöyar ekan.
Sudzening onasini hamma Oftob oyim deb çaqirardi. U öz vaqtida Parijda ötkazilgan gözallar tanlovida ğolib bölgan, mamlakatiga şon-şuhrat olib kelgan, özi ham Yaponiya faxriga aylangandi. Öğlining bu qiliği unga qattiq ta’sir qildi. Sudze bir neça bor uyga kelganda kirgazmadi. Hammasidan çarçagan, qilmişidan puşaymon bölgan yigit özini dengizga çöktirmoqçi böladi. Ölişiga bir bahya qolgan çoğda rus matroslari qutqarib oladi va şu lagerga kelib qoladi. Ammo bu yerda ham uni yaponlar öz safiga qöşmaydi.
Dyun öz tarixini ham aytib beradi. U samuray ekan. Samuray esa asir tuşmasligi lozim emiş. Ammo u özini çavaqlaşga ulgurmay qoladi. Şu sababdan ham vatanidan qon qarz ekanini aytadi.







