Ötmişimizda şunday bir davr bölgandiki, ot izi it iziga aralaşib ketgandi. Bu xalq kim qahramon, kim xoin, farqlay olmay qoldi. Şunday rasvo tizim işladiki, odamlar öziga ham işonmay qöydi. Bugun “5 daqiqa”da katta adibimiz Said Ahmadning “Sarob” hikoyasi orqali öşa davrga nazar taşlaymiz.
Asar voqealari lagerdagi mahbus, havaskor rassom nomidan bayon qilinadi. U yangi kelgan mahbuslar orasida bir taniş qiyofani körib qoladi. Şu paytdan boşlab hikoyada ötmiş va hozirgi vaqt örtasida voqealar köprigi boğlanadi. Rassom bu odamni eslaydi, uning kim bölganini, qanday maşhurlikka erişganini, nega butun mamlakat bolalari unga taqlid qilganini xotirlay boşlaydi. Şu orqali asar öquvçini bir inson taqdiri orqali butun bir davrning ruhiy manzarasiga olib kiradi.
Stalin davri siyosatida eng kuçli qurollardan biri qörquv va işonçsizlik muhiti edi. Davlat insonlarning faqat harakatini emas, balki fikrini ham nazorat qilişga urinardi. Buning uçun esa odamlarning özi odamlarga qarşi qöyildi. “Xalq duşmani” degan atama huquqiy tuşunçadan köra ğoyaviy qurolga aylangandi.
Ana şu siyosatning eng ta’sirçan ramzlaridan biri Pavlik Morozov obrazi bölgan. Maktablarda, pioner yiğinlarida, gazeta va plakatlarda u namuna qilib körsatildi. Bolalarga davlatga sadoqat ota-onaga muhabbatdan ham ustun, degan ğoya singdirildi. Natijada bolalar ongida sadoqat tuşunçasi buzildi.
Hikoyadagi asosiy qahramon Kimsanboy ham ana şu muhit mahsuli. U bolaligida ideologik tarbiya ta’siriga tuşadi. Davlat uning orzulari bilan öynaşadi. Mukofot, şuhrat, poytaxtga boriş, dohiyni köriş kabi orzular orqali uning ongini zabt etadi. Bu yerda yozuvçi bola tabiatiga xos soddalik va işonuvçanlikni körsatadi. Bolaning maqsadi yomonlik qiliş emasdi, u özini yaxşi iş qilyapman, deb hisoblardi.
Natijada otasini davlatga sotadi. U bergan ma’lumotlar bilan millat ziyolilaridan biri bölgan muallim “xalq duşmani”ga aylanadi.
Voqealar davomida öquvçi Kimsanboyning hayot yölini köradi. Bir vaqtlar butun jamiyat olqişlagan bola yillar ötib mutlaqo boşqa holatga tuşib qoladi. Davlat uni dastlab qahramon qiladi, keyin esa uning taqdiriga befarq qoladi. Yillar ötib u ham otasi saqlanayotgan qamoqxonaga keladi.
Kimsanboyning köksiga Stalin surati tuşirilgandi. “Dohiy” nafaqat onglarga, balki jismlarga ham egalik qilgandi.







