O‘zbekiston | 20:53 / 07.06.2020
10157
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun 86 bemor koronavirusdan sog‘aydi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 4 hududda yana 24 nafar bemor tuzalib, mamlakatda shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3354 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar hamda Samarqand viloyatida 1 nafar, jami 24 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Bungacha Toshkent va Navoiyda jami 62 bemor koronavirusdan tuzalgani xabar qilingandi.

Endilikda Toshkent shahrida sog‘ayganlar soni 1468 nafarga yetdi. Shuningdek, Buxoro viloyatida 450 nafar, Navoiy viloyatida 114 nafar, Samarqand viloyatida 319 nafar bemor tuzalib chiqqan.

Bugun kun davomida 86 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 3354 nafarni tashkil etmoqda.
 
7 iyun soat 18:00 holatiga O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 4302taga yetgan, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 931 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid