O‘zbekiston | 17:21 / 07.06.2020
22889
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 3300dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun Toshkent va Navoiyda jami 62 bemor koronavirusdan tuzalgani va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3330 nafarga yetgani to‘g‘risida ma'lumot berdi. Bugun tuzalganlardan biri armanistonlik hisoblanadi.

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 32 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 13 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasida 
4 nafar hamda Navoiy viloyatida 1 nafar, jami 62 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 23 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 56 yoshda, yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan. 

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 8 erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 41 yoshda, yoshi kichigi 20 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, 3 nafari Toshkent shahridan, Xorazm, Samarqand va Toshkent viloyatilaridan 2 nafardan, Surxondaryo, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hamda Armaniston Respublikasidan 1 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari erkak, 8 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi 2018 yilda tug‘ilgan. Hududlar kesimida olinsa, 8 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan.

Shuningdek, 3-sonli tug‘ruq majmuasida 4 nafar ayol shifo topib, Toshkent shahrida jami tuzalganlar soni 1456 nafar tashkil qilmoqda.

Navoiyda tuzalgan fuqaro (28 yoshli erkak) esa Zarafshon shahridan bo‘lib, viloyatda sog‘ayganlar soni 111 nafarga yetdi.

Shu tariqa, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 3330 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni vaqtda respublikadagi shifoxonalarda 834 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid