Bugun 6 hududda yangi holatlar aniqlandi
8 iyun kuni O‘zbekistonda 109ta yangi zararlanish holati tasdiqlandi, bir bemor vafot etdi va 3 nafar bemor sog‘aydi. Shu vaqtgacha 3357 bemorga javob berilgan, 18 kishi vafot etgan, shifoxonalarda 1065 nafar bemor davolanmoqda.
Bugun yangi holatlar 6 hududda - Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Sirdaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida qayd etildi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvalini keltirdi.
Bugungi 109ta holatdan 39tasi karantin muassasalariga joylashtirilgan fuqarolar orasida, 66tasi aholi orasida aniqlangan, xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari bo‘lgan 4 kishiga ham virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.
Aholi orasida (+66)
Toshkent shahrida aholi orasida 54ta holat qayd etildi. Bugun «O‘rikzor» savdo majmuasi sotuvchisining qarindoshlari va qo‘shnilarida, «Ravnaq bank»ning Shayxontohur filiali xodimida virusdan zararlanish holati aniqlangan.
Toshkent shahrida 7 iyun kuni aholi orasida 195ta yangi holat aniqlangandi.
Toshkent viloyatida aholi orasida 4 holat qayd etilgan, bu holatlarning bittasi «O‘rikzor» savdo majmuasi bilan bog‘liq - bozor sotuvchilaridan birining qarindoshiga virus yuqqan.
Navoiy viloyatida aholi orasida yana 5 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan. Viloyatdagi holatlar o‘sishda davom etmoqda - shu vaqtgacha viloyatda 229ta holat qayd etilgan.
Namangan viloyatida aholi orasida 3 kishida virus qayd etildi, shundan 2 bemor viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlaridir (5 iyun kuni ham Namangan viloyati Ichki ishlar organi xodimida virus chiqqandi).
Karantin (+39)
Xorijdan kelgach Toshkent viloyatidagi O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasida jami 36 holat aniqlandi. Shuningdek, Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqarolar orasida 3 kishiga virus yuqqani ma'lum bo‘ldi.
Haydovchilar (+4)
Toshkent viloyatida 3 nafar, Sirdaryo viloyatida bir nafar xorijdan kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida virus aniqlangan.
Tuzalganlar
Bugun Samarqandda 2, Toshkentda 1 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3357 nafarga yetdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1065 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 6 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Shu kungacha jami 444 715 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 399 413 nafari karantindan chiqarilgan.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 23 549 nafar, statsionar karantinda esa 21 753 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda
22:24 / 07.11.2022
Angliyada uy parrandalariga lokdaun e’lon qilindi
12:45 / 19.07.2022