Oqqo‘rg‘onda 279 tup giyohvandlik o‘simliklarini parvarishlab kelgan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 6 may kuni soat 11:30da “Qoradori-2020” tadbiri o‘tkazish davomida IIB xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani “Birlik” MFYda yashovchi 55 yoshli B.Q.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, yashash xonasining deraza tokchasida va hovlisida jami 279 tup giyohvandlik o‘simliklari parvarishlanib kelinayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.
Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, B.Q.ning uyidan olingan o‘simliklardan 254 tupi “ko‘knor”, 12 tupi “kannabis” giyohvandlik o‘simliklari ekanligi, qolgan 13 tup o‘simliklar esa hali kichkina bo‘lganligi sababli, ularning tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar mavjud emasligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida B.Q. gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, giyohvandlik asr vabosi, buning oqibati nafaqat o‘zingizga balki oila a'zolaringiz hamda jamiyatning boshqa a'zolariga ham salbiy ta'sir qilishini unutmang”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
20:03 / 19.11.2024
“Ko‘p kayf qilib yuborganman” - 3 yashar bolaning qotili o‘sha kuni “glyuk”da bo‘lganini aytdi
21:47 / 15.11.2024
Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi
08:30 / 04.11.2024
DXX Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
13:30 / 09.10.2024