Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida koronavirusdan rekord sonda kunlik zararlanish qayd etildi
Saudiya Arabistonida so‘nggi kunda rekord sonda odam koronavirusga chalingani qayd etildi. Podshohlikda kasallanganlar soni 3369 nafarga ko‘paygan.
Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, shundan keyin kasallanganlar umumiy soni 105283 nafarga yetgan. Shu bilan birga, bemorlarning 74524 nafari (umumiy kasallanganlardan 70,7 foizi) sog‘ayib ketgan. Shuningdek, 746 ta o‘lim holati qayd etilgan.
26 mayda Saudiya Arabistonida koronavirus sababli kiritilgan cheklovlar yumshatilishi e'lon qilingan. Jumladan, 31 maydan komendantlik soati soat 6dan 20gacha oraliqda bekor qilingan. Fuqarolarga hududlararo mashinalarda harakatlanishga ruxsat berilgan, do‘konlar va savdo markazlari ochilgan. Shuningdek, Makkadan tashqari, butun mamlakat bo‘ylab juma namozlari ado etish uchun masjidlar ochilgan. 20 iyungacha davlat muassasalari hamda xususiy korxonalar faoliyatini tiklash rejalashtirilgan.
Shu bilan birga 5 iyundan mamlakatning yirikligi bo‘yicha 2-raqamli shahri – Jiddada kasallanish holatlari ko‘paygani sababli komendantlik soati yana uzaytirildi. Shahar aholisiga ko‘chaga soat 6dan 15gacha chiqish mumkin, qolgan vaqt komendantlik soati amal qiladi. Bundan tashqari, shahardagi davlat muassasalari va masjidlar yana yopilgan.
Mavzuga oid
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026
Arab davlatlari Trampni «Eronga imkoniyat berishga» ko‘ndirdi – OAV
18:27 / 13.01.2026
O‘zbekiston U23 guruhda birinchi o‘rin bilan Osiyo Kubogi pley-off bosqichiga chiqdi
18:36 / 12.01.2026