O‘zbekistonda yangi universitet tashkil etildi
2020 yil 1 sentyabrga qadar 2020/2021 o‘quv yili uchun Universitetga talabalarni qabul qilish jarayoni o‘tkaziladi.
Prezidentning “Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan geologiya sohasida yuqori malakali va zamonaviy fikrlovchi oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlovchi Geologiya fanlari universiteti tashkil etildi.
Universitet Davlat geologiya qo‘mitasi, tog‘-kon sanoati korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun geologiya yo‘nalishidagi malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha respublikaning ixtisoslashgan oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Mineral resurslar instituti, Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti, Neft-gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti, Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda Davlat geologiya muzeyi Universitet tarkibiga kiradi.
Universitetga talabalar har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Universitetda talabalar O‘zbekiston Respublikasining davlat ta'lim standartlari asosida geologiya va konchilik yo‘nalishidagi yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalari, shu jumladan, Sankt-Peterburg konchilik universitetining qo‘shma ta'lim dasturlari bo‘yicha, ular bilan erishiladigan kelishuvlarga muvofiq o‘qitiladi.
2020 yil 1 sentyabrga qadar Davlat geologiya qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2020/2021 o‘quv yili uchun Universitetga talabalarni qabul qilish jarayoni talabga muvofiq o‘tkaziladi.
Universitet huzurida yetakchi geologiya va konchilik yo‘nalishidagi xorijiy oliy ta'lim muassasalarining, shu jumladan, Sankt-Peterburg konchilik universitetining maxsus umumta'lim va bazaviy texnik fanlarini o‘qitishga ixtisoslashgan Boshlang‘ich muhandislik tayyorlash markazini tashkil etiladi.
Universitet 2020-2021 o‘quv yilida I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Mavzuga oid
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
21:27 / 31.10.2024
Navoiy davlat universiteti tashkil etildi
14:36 / 24.10.2024
“Bir oyda foydalanishga topshiramiz” – Agrar universiteti yotoqxonasi ta’miridagi kamchiliklar bartaraf etilayotgani aytildi
12:30 / 23.10.2024