Toshkent viloyatida 120 ming fuqaroga karantin qoidalarini buzmaslik yuzasidan rasmiy ogohlantiruv berildi
8 iyun kuni o‘tkazilgan tadbirlar davomida, fuqarolar tomonidan karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq 1 682 ta holat qayd etilgan.
Toshkent viloyati IIBB va hamkorlikdagi tashkilotlar mas'ul xodimlaridan tuzilgan «Harakatdagi qo‘shma guruh» tomonidan, karantin qoidalarini buzish holatlari yuzasidan viloyatning mintaqaviy markazlari (tuman-shaharlar) kesimida kengaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Viloyat IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda karantin tadbirlariga 2 000 ga yaqin IIO xodimlari tun-u kun xizmat qilmoqda.
IIBB HPB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan 8 iyun kuni o‘tkazilgan tadbirlar davomida, fuqarolar tomonidan karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq 1 682 ta holat qayd etilgan. Aniqlangan holatlarning 31 foizi Chirchiq va Angren shahri hamla Qibray va Yangiyo‘l tumanlariga to‘g‘ri keladi.
Viloyat bo‘yicha karantin qoidalarini buzish esa tadbirlar boshidan jami 50 215tani tashkil etadi. Qoidabuzarliklarning 33 foizi Angren va Chirchiq shaharlariga hamda Zangiota, Qibray, Yangiyo‘l tumanlariga to‘g‘ri keladi.
Bir kunda 1 502 nafar, tadbirlar boshidan esa 120 mingdan ortiq fuqarolar karantin qoidalarini buzmaslik yuzasidan rasmiy ogohlantirilgan.
Shuningdek, YHXB inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida 19 nafar haydovchi tomonidan karantin qoidalarini buzish, transport vositasini hujjatsiz boshqarish bo‘yicha 162 ta, shuningdek, transport vositasini mast holda boshqarish bilan bog‘liq 5 ta holat aniqlangan. Shu va boshqa turdagi qoidabuzarliklar bilan tadbirlar boshidan 17 938 ta avtotransport vositalari jarima maydoniga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:14 / 05.11.2024