Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST: asimptomatik tashuvchilar koronavirusni boshqa odamlarga kamdan-kam hollarda yuqtiradi
Hech qanday alomat bermaydigan koronavirus bilan og‘rigan bemorlar boshqa odamlarga «juda kamdan-kam hollarda» yuqtiradi, dedi JSSTning yangi va zoonotik (hayvonlardan odamlarga yuqadigan) infeksiyalar bo‘limi rahbari Mariya Van Kerkxove.
«Asimptomatik tashuvchi virusni boshqa odamga yuqtirishi dargumon», - dedi Van Kerkxove Jyenevada bo‘lib o‘tgan BMT brifingida.
Epidemiologning tushuntirishicha, bu xulosa asimptomatik infeksiyani yuqtirganlar va ular bilan aloqada bo‘lgan kishilarni kuzatgan turli mamlakatlarning hisobotlariga asoslanadi. «Ular asimptomatik tashuvchilarni, ularning aloqalarini kuzatmoqda va infeksiya yuqishi holatini aniqlamayapti. Bu juda kam uchraydigan narsa», - deya qo‘shimcha qildi u.
Shuning uchun, Van Kerkxovening so‘zlariga ko‘ra, hukumatlarning harakati alomatlari bo‘lgan COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni aniqlash va izolyatsiya qilishga, shuningdek, ular bilan aloqada bo‘lgan odamlarni kuzatishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Gap faqatgina virus tashuvchisi bo‘lgan davr davomida hech qanday alomatlar ko‘rsatmagan odamlar haqida ketmoqda, deya aniqlik kiritdi JSST vakili.
Uning ogohlantirishicha, asimptomatik holatlarga ko‘pincha COVID-19’ning yengil kechishini, shuningdek, tipik bo‘lmagan yoki hali namoyon bo‘lmagan simptomlarni ham qo‘shib qo‘yishadi. Shu bilan birga, kishi alomatlar paydo bo‘lishidan 2-3 kun oldin kasallikni boshqalarga yuqtirishi mumkin.
Ikkinchi holatda bemorlar kasallikni boshqalarga faol tarzda yuqtiradi, deya qo‘shimcha qildi Van Kerkxove. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday infeksiya tarqatuvchilarning ulushi kasallanish holatlarining deyarli yarmini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
20:13 / 19.05.2026