Jahon | 00:32 / 11.06.2020
8887
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada koronavirusdan vafot etganlarning yaqinlari davlat ustidan shikoyat qildi

Italiyada koronavirusdan vafot etganlarning yaqinlari hukumatni virusga qarshi kech javob berganlikda va tibbiyot uchun budjet xarajatlarini kesib tashlashda ayblamoqda.

Foto: EPA/UPG

Shu munosabat bilan prokuraturaga Italiyaning koronavirusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan Bergamo shahri aholisidan davlat ustidan 50 ta shikoyat tushgan. 
 
Koronavirus qurbonlari yaqinlari hukumatni pandemiyaga qarshi kurashda yetarlicha harakatlar amalga oshirmaganlikda ayblashmoqda.

“Italiyada birinchi marta koronavirusdan vafot etganlarning 50 nafar yaqini prokuraturaga davlat ustidan shikoyat qildi”, deyilgan xabarda.
 
Ta'kidlanishicha, mahalliy prokurorlar ayni vaqtda mamlakatda sog‘liqni saqlash sohasidagi inqirozni tergov qilishmoqda. 

Italiyada ayni vaqtga kelib koronavirusga chalinganlar soni 235 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda, ulardan 34114 nafari vafot etgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid