Jahon | 18:12 / 11.06.2020
4009
1 daqiqa o‘qiladi

Lufthansa 26 mingtagacha xodimini bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Aviakonsern ushbu sohadagi talabning sekin tiklanishini taxmin qilmoqda va inqirozdan so‘ng ixtiyoridagi samolyotlar 100taga kamayishini kutmoqda. Natijada ortiqcha ish o‘rinlari vujudga keladi.

Foto: Reuters

Germaniyaning Deutsche Lufthansa aviakonserni pandemiya natijasida aviatashuvlarning keskin tushib ketishi sababli 26 mingtagacha ish o‘rnini qisqartirishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya kasaba uyushmalari bilan xarajatlarni kamaytirish yo‘llari to‘g‘risida kelishishga urinmoqda.

Aviakonsern ushbu sohadagi talabning sekin tiklanishini taxmin qilmoqda va inqirozdan so‘ng ixtiyoridagi samolyotlar 100taga kamayishini kutmoqda, deb xabar beradi BBC News. Buning natijasida ortiqcha ish o‘rinlari vujudga keladi. 22 mingga yaqin ish o‘rni ortiqcha bo‘lib qoladi, jami 26 mingga yaqin xodim ishidan ayrilishi mumkin, dedi Lufthansa vakili.

Qisqartiriladigan ish o‘rinlarining yarmiga yaqini Germaniyaga to‘g‘ri keladi. Lufthansa 22 iyungacha kasaba uyushmalari bilan kelishib olishni mo‘ljallamoqda.

Lufthansa aviakonsernida 138 mingdan ortiq kishi ishlaydi. Avvalroq konsern 10 mingga yaqin xodimini bo‘shatishiga to‘g‘ri kelishi taxmin qilingandi.

Mavzuga oid