Jamiyat | 21:45 / 11.06.2020
2937
2 daqiqa o‘qiladi

MIB: Bank foydasiga 35,5 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi

Majburiy ijro byurosining Sho‘rchi tuman bo‘limi ish yurituviga Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga undiruvchi bank hisobiga qarzdor tekstil ishlab chiqarish korxonasi hamda qo‘shimcha javobgar korxona va mutasaddi idoralardan jami 35 milliard 519 million 732 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan. 

Ushbu ijro hujjati yuzasidan Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli moddalariga asosan sud qaroriga asosan qarzdor taraflarning mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilib, so‘rovnomalar natijadlariga ko‘ra balansida bo‘lgan ko‘chmas mulklarga nisbatan notarius va kadastr taqiqlari o‘rnatilib, qarzdor tekstil korxonasiga tegishli bo‘lgan Sho‘rchi tumanida joylashgan ip kalava fabrikasi va ip kalava ishlab chaqarish uskunalari xatlangan.

Shuningdek, ushbu bino va inshoatlar Majburiy ijro byurosining Sho‘rchi tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning 27 yanvar kuni belgilangan tartibda baholanib, elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilib, 9 iyun kuni 35 milliard 519 million 732 ming 31 so‘mga sotilib, undiruvchi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB foydasiga o‘tkazilib berildi.

Mavzuga oid