Jahon | 22:33 / 12.06.2020
3660
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada inqirozni yengish uchun boylarga solinadigan soliq qiymatini oshirish rejalashtirilmoqda 

Britaniya moliya vazirligi yirik xususiy banklar va kompaniyalar bilan birga koronavirus olib kelgan moliyaviy inqirozga qarshi kurash uchun boy fuqarolarga solinadigan soliqlar qiymatini oshirish imkoniyatini muhokama qilmoqda.  

Foto: Reuters

Vazirlikda boy britaniyaliklarni koronavirusdan jabr ko‘rganlarga moddiy yordam davlat paketlariga mablag‘ ajratishga jalb qilish lozim, deb hisoblanmoqda. Vazirlik shu tariqa barcha zaxiralari koronavirusga qarshi kurashga sarflab bo‘lingan davlat g‘aznasini to‘ldirishni rejalashtirmoqda.

Ta'kidlanishicha, aholini qo‘llab-quvvatlash va koronavirus bilan bog‘liq xarajatlar Britaniyaga 133 mlrd funt sterlingga (169 mlrd dollar) tushadi. Mamlakatning eng boy odamlari esa epidemiya vaqtida yanada boyidilar, shu sababli “ular tavofutni kamaytirish uchun ko‘proq to‘lashlari lozim”. 

Ba'zi iqtisodchilarning taxminicha, hukumat badavlat fuqarolarning jamg‘argan pullari, kapitallari o‘sishi, qo‘shilgan qiymat solig‘i va mulkiga soliqlar qiymatini oshirishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid