Taniqli özbek aktyori Bahrom Matçonov 17 yildan keyin AQŞdan Özbekistonga qaytdi. Bu haqda bir qator OAV ma'lum qildi.

Matçonov öz vaqtida “Kiçkina tabib”, “Şaytanat” va “Ona” filmlaridagi rollari evaziga maşhurlikka erişgan. U oxirgi 17 yil davomida AQŞda yaşagan.

“Men AQŞga 2002 yilda ketganman. Öşanda teatrimizda katta inqiroz bölgan. Özbekistonda 2000 yildan keyin filmlar işlab çiqarilişi keskin qisqargan. Öşanda AQŞga ketişimga töğri kelgan. Men öz farzandlarimga yaxşi ta'lim berişim va oilamni boqişim kerak edi. AQŞga heç narsasiz ketganman va hattoki inglizçani bilmasdim”, deb aytgan aktyor intervyu vaqtida.

Matçonov Özbekistonga mamlakatdagi özgarişlarni körgaç qaytişga qaror qilgan. Uning aytişiça, u rejissyor Jahongir Qosimovning “Ibrat” filmida rol olgan.

Bahrom Matçonovning qizi taniqli rossiyalik teatr va kino aktrisasi Ravşana Kurkova bölib, u “Barvixa”, “A u nas vo dvore” seriallaridagi rollari orqali tanilgan. Ravşana Bahromovna Kurkova (qizlik familiyasi Matçonova) 1980 yil 22 avgustda Toşkentda tuğilgan. Uning butun oilasi san'at olami bilan boğlangan. Otasidan taşqari onasi Ra'no Kubayeva ham kinoaktrisa va rejissyor, toğasi Rauf Kubayev rejissyor va ssenariynavis hisoblanadi.