Davron Turdiyev 2017 yil Xitoyning Şen Jyen şahrida bölib ötgan eslab qoliş böyiça jahon çempionatida qatnaşgan. «Ya mogu» şousi ğolibi. «Rossiya 1» kanalidagi «Udivitelnyye lyudi 3» körsatuvida iştirok etgan.

29 yoşli öziga xos intellekt sohibi bilan suhbatimiz avvali va oxirida uning super xotirasiga işonç hosil qiliş uçun kiçik sinov ham ötkazdik.

– Davron, bu eslab qoliş – qobiliyatmi yoki maşqlar natijasi?

– Eslab qoliş, ya'ni kuçli xotira aslida qobiliyat emas. Men şunaqa deb öylayman. Köpçilik qobiliyat deb öylaydi. Çunki noyob narsadek tuyulişi mumkin. Bu innovatsiya ham, talant ham emas.

Bu narsa bilan 4 ming yil oldin ham şuğullanişgan. Hozirgi kunda telefonlar, smartfonlar çiqişi odamlar xotirasini rivojlantirmasliklariga sabab bölib qolgan. Sportçilarni körsa, negadur unday deb öylaşmaydi. Masalan, salto otadigan yoki boksçi odamni körişsa, bu özi şunday tuğilgan, degan odamni körmadim. Şuğullangan, maşq qilgan deyişadi.

Men qilgan işni hamma qila oladi. Xudo bergan talant, lekin bu talant hammada bor. Odam özida rivojlantirişi kerak xolos.

– Rossiya rekordçisiga aylandingiz. Bu sizga nima berdi?

– Rossiyada örnatgan rekordim hayotimni özgartirib yubordi. Rossiyaga borib kelişimdan oldin maktabda öqituvçi edim. Rekordim efirga uzatilganida Toşkentga kelib bölgan edim. Efirdan söng obröyim birdan oşib ketdi. Muxlislar, mijozlar köpayib ketdi. Köp insonlar tanidi. Umuman olganda, Rossiyadagi rekordim menga juda yordam berdi.

– Rekordingiz moddiy tomondan ham foyda berdimi?

– Töğridan töğri böldi ham. Çunki rekord örnatganimga 50 ming rubl pul berişdi. Öşa vaqtda ming dollarga yaqin pul edi. Men köproq pul topişni boşladim. Sababi köproq tanildim. Köp insonlar örgatişimni sörab murojaat qilişni boşladi.

Öşa efir sababli men tadbirkor böldim. Men heç qaçon bu narsa orqali pul topaman, deb öylamaganman. Bu – mening hobbim. Agar hozir boşqa iş qilsam ham, baribir şu iş bilan şuğullanaman. Çunki yaxşi köraman.

– Hayotingizda şu qobiliyatingiz sizga qöl kelgan biror voqeani aytib bera olasizmi?

– Jamiyatşunoslik faniga keç qolganman. Keyin öqituvçim çaqirib, nega keç qolayotganimni söradi. «Men mavzuni bilaman», dedim. Lekin bilmasdim. Jamoatşunoslik tamoyillarini qoğozga qarab eslab qoldim. «Xotirang yaxşimi, Davron?» – söradi ustozim. Hali endi şuğullanişni boşlagan paytlarim edi. Şunda ustozim doskaga 50 raqamning töğrisiga sözlarni yozdi. Hammasini eslab qoldim va töğri aytib berganimdan keyin semestrimga beş qöyib berdi. Bunday qobiliyat bilan yaşaş osonroq.

– Kuçli xotiradan qanday maqsadlarda foydalaniş mumkin?

– Hozirgi kunga kelib kuçli xotira kerak emas sohaning özi qolmagan. Masalan, sizning kasbingizni oladigan bölsak, matn yodlab qolişingiz kerak.

Uzoqqa qaraydigan bölsak, kuçli xotira bilan bir neça kun, oyni tejaş mumkin. IT`ni oladigan bölsak, uning tilini tezroq örgana olasiz. Kuçli xotira hamma joyda kerak böladi.

– Hozir bu yönalişni tanlaganingizga afsuslanmaysizmi?

– Mening işim – dunyodagi eng yaxşi iş. Judayam yaxşi köraman şu işni. Şunday yaxşi köramanki, hozir boşqa joydan pul topganimda ham şu iş bilan şuğullangan bölardim.

Şunday ketma-ketlikda hodisalar böldiki, men hobbim orqali pul topyapman. Eslab qolişga moslaştirilgan, uning sirlarini örgatadigan öquv markazim bor. Undan taşqari, treninglar orqali ham mablağ topaman. Çunki xotirasini rivojlantirmoqçi bölgan insonlar judayam köp. Hozir hamma til örganyapti, öqişga topşirmoqçi bölgan abituriyentlar köp. Bizda test sistemasi bölgani sababli köproq fakt bilsangiz, öqişga kirişingiz osonroq.

– «Şuning örniga foydaliroq iş qilsang bölmaydimi?» deganlar böldimi?

– Ha, bunday insonlar bor. Hozir ham bölib turadi. Oxirgi ikki oy içida şu narsani tuşundim. Misol uçun, 2 yil oldin na markazim bor edi, na trening ötardim, na franşizam bor edi.

Videolarimni deb bir yilda şunça iş böldi. Köproq videolarimdagi izohlarni öqiyman. «Quloğida quloqçin bor, eslab qolmagan, bu yolğon, ey öl undan köra boşqa iş qilsang bölmaydimi?» deganlar ham böldi.

Bu tabiiy holat ekan. Bunga örganib ham böldim. Qançalik sizni odamlar taniy boşlasa, aql örgatadiganlar köpayaverarkan.

Eng qiziği, aql örgatadigan insonlar uyida divanda yotadigan, boşqa iş qilmaydigan insonlar bölsa kerak. Çunki meni bir kişiga izoh yozib, aql örgatişga vaqtim ham, niyatim ham yöq.

– Mnemonikaning Özbekistondagi kelajagi haqida qanday fikrdasiz?

– Hozirça bizda unçalik rivojlanmagan. Lekin bilaman, agar bizda şaroit qilib berilsa, Özbekistonning yoşlariga heç kim teng kela olmaydi.

Eslab qoliş böyiça jahon çempionatini Özbekistonda ötkazişni hohlardim. Bu – sohani rivojlantirib, köplab yutuqlarga erişişimiz mumkin.

Töliq suhbat va qiziqarli sinovni Kun.uz`ning YouTube`dagi kanalida tomoşa qiling.

Rahmatillo Isroilov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Muhammadjon Ğaniyev.