Karantin qonunsizlik degani emas: jarima maydoniga qöyilgan avtomobillar qöyib yuborilişi kerak
|14:05 / 15.06.2020147 63814 min
Karantin 1 avgustgaça uzaytirilib, 15 iyundan yana qator yengilliklar berildi. Biroq Respublika komissiyasi belgilagan yangi çora-tadbirlar orasida avvalroq karantin qoidalarini buzgani uçun jarima maydoniga qöyilib, karantin tugaguniga qadar uşlab turilişi lozim bölgan avtomaşinalar va ularning egalari taqdiriga oid biror yangilik aytilmadi.
Ma'lumki, karantin vaqtida stikersiz yoki ruxsat etilmagan vaqtlarda transport vositalaridan foydalangan şaxslarga Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasiga asosan ma'muriy jarima qöllanmoqda.
Şuningdek, Respublika maxsus komissiyasining 4 apreldagi qaroriga asosan, uşbu ma'muriy huquqbuzarlarning transport vositalari huquqbuzarlik davom ettirilişiga yöl qöymaslik maqsadida istisno tariqasida içki işlar organlari yöl-patrul xizmati xodimlari tomonidan jarima maydonçasiga joylaştiriş yöli bilan karantin davrida uşlab turilişi belgilandi.
Xalq qabulxonalarida ham hal bölmayotgan murojaatlar
Kuni keça Telegram`dagi rasmiy sahifamizda berilgan e'longa muvofiq, holat böyiça tahririyatga köplab murojaatlar kelib tuşdi.
Quyida ulardan ayrimlarini keltirib ötamiz.
Urgut tumanida yaşovçi Faxriddin Najmiddinov öz boşidan ötgan voqeani quyidagiça sözlab berdi:
«Onam kasal, doimiy dori-darmon bilan parvarişlaymiz. Yaşaş manzilim atrofida apteka yöqligi sababli tuman markazi tomon harakatlandim. Yölda meni YPX xodimlari töxtatib, Urgut tumani «qizil hudud»ga kiritilganini aytib, mendan harakatlaniş uçun maxsus stiker talab qilişdi.
YPX xodimlari xujjatlarimni olib mahalla noziriga berişdi, nozir özini taniştirib ham ötirmay, menga karantin qoidalarini buzgansan, deb ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirdi. SESdan heç kim yöq edi. Avtomaşinamni jarima maydoniga qöyilgani haqida menga heç qanday topşiriş-qabul qiliş dalolatnomasiyam berişmadi. Hatto ma'muriy bayonnomani rasmga tuşirganiyam qöymadi.
Xullas, menga ortiqça tuşuntiriş berib ötirmay, maşinamni olib qöyib, özimni köçaga çiqarib yuborişdi».
Toşkentlik Ilyos ismli fuqaro quyidagiça hikoya qiladi:
«Karantin vaqtida tegişli ruxsatnomasiz maşina boşqargan edim, maşinam olib qöyilib, Çorsudagi jarima maydonçasiga qöyildi. Jarima pulini tölaşga imkonim yuq. Maşinam arendaga olingan edi. Jarima pulini tölolmay turgan bir paytimda jarima maydonçasi uçun tölanadigan pul miqdori ham ösib bormoqda. Bularni qanday tölaşga ham hayronman, juda qiyin ahvolda qoldim».
Mavzuga oid
Poytaxtning Yaşnobod tumanida yaşovçi talaba:
«9 mart kuni işonçnoma muddati tamom bölib qolgani uçun «ştrafnoy»ga qöyişgandi, bir haftadan keyin karantin boşlandi va maşinam jarima maydonida qolib ketdi. GAIga, jarima maydoniga qayta-qayta murojaatlarimiz befoyda böldi. Talabaman, jarimadan taşqari, şu holimga jarima maydoniga ham 3 oy uçun 1 080 000 söm pul tölaşim kerak ekan».
Uşbu ma'lumotlarni tekşiriş uçun avtomobillar saqlanayotgan Çorsu bozori yaqinidagi köp qavatli jarima maydoni bilan boğlanib, rostdan ham avtomobil saqlangan har bir sutka uçun 12 000 söm xizmat haqi olinişiga işonç hosil qildik. Jarima maydoni xodimi fuqarolarga transport vositalarini çiqarib berişi uçun tegişli mansabdor şaxsning yozma ruxsatnomasi va körsatilgan xizmat haqini tölab qöyiş kerakligini ta'kidladi.
Taksiçilik bilan şuğullanuvçi hamyurtimiz Şavkat Alimov şunday deydi:
«Taksiçilik qilaman. 9 may kuni onamga dori-darmon olib keliş maqsadida maşina minib çiqqandim. YPX meni uşlab, yarim minimalka jarima yozaman, deb maşinamni jarima maydoniga jönatişdi. Keyinçalik bilsam, meni putyovkasiz çiqqan, deb bayonnoma tuzişibdi va 4 minimalka jarima yozişgan. Menda jarima tölaşga bunça pul yöq, yolğiz boquvçiman, daromadim faqat taksidan edi. Karantinda uçta yoş bolamni boqişim kerak, onam esa kasal, unga dori-darmon kerak. Maşinam esa jarima maydonida turgani uçun kuniga 14 ming sömdan hisoblab borilyapti. Bu vaziyatdan çiqişga qanday yöl topişni bilmay boşim qotgan».
«Yeffective Engineering» MÇJ direktori Avazbek Xusainov portalga yuborgan şikoyati javobsiz qolganini aytadi:
«Mening avtomaşinam 2020 yil 5 aprel kunidan buyon jarima maydonida yotibdi, bugungi kunga kadar bir neça marta pm.gov.uz (Prezidentning virtual qabulxonasi – tahr.) portali orqali şikoyat qilgan bölsam-da, na javob xati oldim va na maşinamni».
Tahririyatga bu kabi masalalarda murojaat yöllagan fuqarolar bilan boğlanib, şunga amin böldikki, ular ma'muriy işlarni körib çiqqan vakolatli şaxslardan avtomobillarini olib çiqişga ruxsatnoma berişni söraşgan bölsa-da, karantin tugamagani vaji bilan maşinasi jarima maydonidan çiqarilişiga ruxsat berilmayapti.
Ayrim murojaatlarda, jarima tölovlari tölangan bölsa-da, mansabdorlar haydovçilardan avval ma'muriy jarimani tölab qöyişni talab qilişmoqda.
MJtKning 291-moddasi, şuningdek Yöl harakati qoidalarining buzilişiga doir ma'muriy işlarni körib çiqiş tartibi töğrisidagi yöriqnomaning 36-bandida huquqbuzarlik sodir etilganda, transport vositasi uşlab turiş sababi bartaraf etilgunga va ma'muriy iş körib çiqilgunga qadar uşlab turilişi mumkinligi qayd etilgan.
Yuqoridagi qoidadan şuni tuşuniş mumkinki, uşbu vaziyatda uşlab turiş sababi bartaraf etilganidan, masalan tonirovkali oynadan tonirovkani olib taşlaş yoki haydovçi suğurta polisini işni körib çiquvçi mansabdor şaxsga körsatgandan söng avtomaşina jarima maydonida çiqarib yuborilişi lozim.
Ma'muriy iş körib çiqilganidan söng transport vositasini uşlab turiş vaqti tugaydi va u egasiga qaytarib berilişi şart. Uşbu holatda transport vositasini jarima maydonidan çiqariş uçun haydovçidan ma'muriy organ belgilagan jarimani tölaşni talab qiliş ham noqonuniy hisoblanadi.
Avtotransport vositasining jarima maydonidan qöyib yuborilmasligi ma'muriy jarimani undirişning oson va işonçli mexanizmiga aylantirib olingan. Aslida ma'muriy iş körib çiqilganidan söng haydovçi jarimani tölamasdan ham transport vositasini olib ketişga haqli. Jarimani esa huquqbuzar belgilangan vaqt içida ixtiyoriy ravişda tölaydi. Ixtiyoriy tölanmagan jarimalar esa maxsus vakolatli organ – majburiy ijro bölimlari tomonidan undirilişi lozim.
Transport vositasini qaytarib beriş jarayoni qonun hujjatlari buzilgani uçun uşlangan transport vositalarini töxtaş joylariga olib keliş, joylaştiriş va saqlaş tartibi töğrisidagi nizomning10 va 11-bandlarida belgilangan tartibda amalga oşiriladi. Ya'ni, vakolatli mansabdor şaxs transport vositasi uşlangani sabablari bartaraf etilgandan keyin töxtaş joyiga joylaştirilgan transport vositasini haydovçiga (egasiga, egasining vakiliga) berişga yozma ruxsatnoma beradi. Şundan söng, transport vositasini olib keliş va saqlaş böyiça körsatilgan xizmatlar uçun haq tölangandan keyin jarima maydonining tegişli xodimi uşbu yozma ruxsatnomaga asosan transport vositasi haydovçisiga (egasiga, egasining vakiliga) transport vositasini qaytarib beradi.
Uşlanganligi sabablari bartaraf etilganligi – jarima tölanganligi deb tuşunilmasligi kerak.
Biroq amaliyotda yuqorida keltirilgan qonun hujjatlarining barçasi Maxsus komissiyaning birgina qarori oldida ojiz qolmoqda: karantin qoidalarini buzgan holda transport vositalarini boşqargan şaxslarga katta miqdorda jarima qöllanganidan taşqari ularning transport vositalari hamon egalariga qaytarilmay, jarima maydonlarida saqlab kelinmoqda.
Deputatlar nazdida noqonuniy, Adliya vazirligi xodimi va Içki işlar vazirligi uçun esa aksi
Uşbu holatga nisbatan jamoatçilikda paydo bölgan keskin e'tirozlarga javoban Içki işlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda Maxsus komissiyaning 2020 yil 4 apreldagi qaroriga asosan karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boşqarganlik uçun ularni jarima maydonçasiga joylaştiriş Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasiga muvofiq qonuniyligi aytib ötilgan.
Avvalroq, Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev karantin qoidalarini buzgan haydovçilarning avtotransport vositalari jarima maydoniga qöyilişini noqonuniy deb hisoblaşi haqida post qoldirgan edi.
Qonunçilik palatasining yana bir deputati Doniyor Ğaniyev ham hamkasbining fikrlariga qöşilib, transport vositalarini karantin tugagunça uşlab turiş qonunçilikka zidligi, transport vositalari maxsus ruxsatnomasiz boşqarilgan taqdirda 4 mln 460 ming sömdan 6 mln 690 ming sömgaça miqdordagi ma'muriy jarimani qöllagan holda, transport vositasi fuqarolarning öziga qaytarib berilişi lozimligini, zero bunday katta jarimaning özi ham katta tarbiyaviy, profilaktik ta'sirga ega bölib, huquqbuzarlik davom ettirilişining oldini oliş uçun yetarli ekanini aytgandi.
Darhaqiqat, «Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi Qonunning 5-moddasida sanalgan normativ-huquqiy hujjatlar turlari qatorida Komissiya qarorlari tilga olinmagan.
Kezi kelganda aytiş kerakki, biz şu bugungaça Komissiyaning birorta qarori matnini öz közimiz bilan körganimiz yöq.
Bundan taşqari, yuqoridagi Qonunning 28-moddasida normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy naşrlarda e'lon qilinişi kerakligi, rasmiy e'lon qilinmagan qonun asosida heç kim hukm qilinişi, jazoga tortilişi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum qilinişi mumkin emasligi qat'iy belgilangan.
Şuningdek, uşbu moddaga köra, normativ-huquqiy hujjat bayon tarzida rasmiy e'lon qilinişiga yöl qöyilmaydi hamda e'lon qilinganda uning barça rekvizitlari körsatiladi.
Uşbu Qonunning 29-moddasida esa normativ-huquqiy hujjatlar e'lon qilinadigan rasmiy manbalar sifatida «Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlari töplami», «Xalq sözi» va «Narodnoye slovo» gazetalari, Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz) va boşqa bir qator manbalar keltirilgan. Ammo negadir ular qatorida Telegram`dagi birorta kanal körsatilmagan.
Şulardan xulosa qiliş mumkinki, MJtK 291-modda 1-qismining «a» kiçik bandida tilga olingan «qonun hujjatlari»dan murod – bu aynan yuqorida keltirilgan tartibda e'lon qilinadigan rasmiy hujjatlardir.
Biroq yurist Ğaybullo Primov MJtKning 291-moddasida qonun hujjatlarida töğridan töğri nazarda tutilgan boşqa hollarda ham transport vositalarini jarima maydoniga joylaştiriş mumkinligini ta'kidlagandi.
Agar Ğaybullo Primov ta'kidlaganidek, MJtKning 291-moddasidagi «qonun hujjatlarida töğridan-töğri nazarda tutilgan boşqa hollarda» degan jumla özida Komissiya qarorlarini ham qamrab oladigan bölsa, unda nega Komissiya qarorlari rasmiy naşrlar yoki qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi hisoblangan lex.uz saytida emas, Telegram`dagi kanalda e'lon qilinmoqda?
Agar Komissiya qarorlari «qonun hujjatlari» hisoblansa, nega qonun talabiga köra, barça rekvizitlari bilan hujjat şaklida töliq matnda e'lon qilinmayapti?
Qonun ustuvorligi prinsipiga köra, Komissiya qarori qandaydir rasmiy xarakterga ega bölgani bilan, uning amal qiliş kuçi Kodeksdan ustun turmaydi. Komissiya qarorida belgilangan qaysidir qoida Kodeksga zid kelyaptimi, demak qarorga emas, Kodeksga amal qiliş kerak.
Boz ustiga, biz Komissiyaning 2020 yil 4 apreldagi qarori matnini hali biror yerda körmadik. Şunçaki Telegram`dagi kanaldan va televideniyeda uzatilgan brifinglardan transport vositalari «istisno tariqasida» karantin davrida uşlab turilganini bilmoqdamiz, xolos.
Keling, uşbu qoidani qonuniy deb hisoblaylik ham. Bir neça oy avval butun respublika miqyosida qat'iy karantin çoralari amal qilayotgan davrda uşbu qaror asosida transport vositalari jarima maydonida saqlab turilgani töğri qaror bölganiga özimizni işontirib ham köraylik. Ammo ayni kunlarda karantin çoralari yumşatilib, maxsus ruxsatnomasiz ham barça turdagi transport vositalarining harakatlanişiga ruxsat berilgan bir zamonda bir neça oy oldin jarima maydonçalariga joylangan transport vositalarining hamon egalariga qaytarib berilmayotganini qanday tuşuniş mumkin?
4 million sömdan oşiq jarima tölagani yetmaganday, jarima maydonida saqlaganlik uçun har kunlik tölovlarni haydovçi yelkasiga yuklaş kimga kerak?
Odil sudlov vakili qanday fikrda?
Ayni masalada Mirobod tuman Ma'muriy sudi raisi Yuldoşev Suxrob Şarifoviç öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Suxrob Yuldaşevning fikriga köra, agarda MJtK 54-moddasining 2-qismi böyiça sanitariya-epidemiologiya nazorati inspektoritomonidan bayonnoma tuzilgan va jarima jazosi belgilangan bölsa, uşbu holatda MJtK 291-moddasining talabi böyiça ma'muriy iş körib çiqilgan hisoblanadi va şu ondan boşlab, ma'muriy jarima tölanmagan bölsa ham transport vositasi jarima maydonidan çiqarib yuborilişi kerak.
Qonun talabiga köra, bu vaziyatda sanitariya-epidemiologiya nazorati inspektori jarima maydoniga joylaştirilgan transport vositasini haydovçiga (egasiga, egasining vakiliga) berişga yozma ruxsatnoma yozib berişi şart.
«Ölganning ustiga tepmaylik!»
Mana şunday mavhumlik ortidan yuzlab, balki minglab transport vositalari jarima maydonlarida qolib, şundoq ham karantin davrida sillasi qurigan xalqning bir dardini ön azobga aylantirmoqda.
Bundan faqat va faqat böş yer maydonidan pul qiluvçi jarima maydoni egalarigina manfaat körmoqda, xolos. Jabrini esa har doimigidek oddiy xalq tortmoqda.
Şunday ekan, jarima maydonlarida yotgan avtomaşinalarni öz egalariga qaytarişni, qaytarilganda ham uşlab turiş sababi bartaraf etilgan yoki ma'muriy iş körib çiqilgan vaqtdan boşlab uşlab turilgan davr uçun jarima maydoni tölovlarini undirmaslikni nazarda tutuvçi körsatma berilişi maqsadga muvofiq bölar edi.
Maqsadimiz – kimnidir ayblaş emas, balki karantin vaqtida oğir vaziyatda qolgan fuqarolarning moddiy ahvolini yanada oğirlaştiradigan mazkur tartibning ham qonunga, ham adolatga zidligini körsatib beriş, uşbu masalaga rasmiylar e'tiborini qaratib, vaziyatning xalq foydasiga adolatli yeçim topişiga erişişdan iboratdir.
Zero transport vositasi jarima maydonida uşlab turilgan haydovçilar orasida öz ulovi ortidan rözğor tebratadiganlari ham talaygina.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi