Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malida jangarilar hujumidan keyin 44 harbiy bedarak yo‘qoldi
Mali janubida harbiylar kolonnasi jangarilar pistirmasiga uchragach, 44 harbiy bedarak yo‘qoldi. Voqea 14 iyunda Mavritaniya bilan chegaradosh Segu viloyatida yuz bergan.
Ta'kidlanishicha, dastlab harbiylarning bir nechta avtomobili minada portlagan, so‘ngra kolonna yirik kalibrli quroldan o‘qqa tutilgan.
Harbiylarga havodan ko‘mak ko‘rsatilganiga qaramay, ular katta talafot ko‘rgan. Bazaga 14 ta mashinadan bor-yo‘g‘i 4 tasi qaytgan, qolgan transport vositalari va 44 harbiy bedarak yo‘qolgan.
Taxmin qilinishicha, jangarilar pistirma qo‘yilgan hududga bir qator terrorchi guruhlarga panohgoh bo‘lib xizmat qiluvchi Vagadu o‘rmonidan kirib kelgan.
Mavzuga oid
18:47 / 27.04.2026
Malida janglar. Mudofaa vaziri o‘ldirildi, ruslar bir shaharni tashlab chiqqani aytilmoqda
17:38 / 26.04.2026
Malida isyonchilar Rossiya vertolyotini urib tushirdi
08:41 / 15.04.2026
O‘zbekiston va Hindiston harbiylari qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
14:37 / 21.03.2026