Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
10ta tuman-shahar «yashil» hudud bo‘ldi, ularda masjidlar ochildi
Shu yil 13 iyun holatiga ko‘ra tuman va shaharlar epidemiologik toifalarining yangilangan ro‘yxati e'lon qilindi.
Foto: muslim.uz
Unga ko‘ra, Buxoro viloyati Kogon tumani, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani, Navoiy viloyati Konimex tumani, Samarqand viloyati Pastdarg‘om, Oqdaryo, Tayloq va Jomboy tumanlari, Sirdaryo viloyati Sardoba tumani va Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani, Nurafshon shahriga “yashil” hudud toifasi berilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonotiga muvofiq, shu yil 16 iyundan boshlab, ushbu hududlarda joylashgan masjidlar namozxonlar uchun ochildi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabariga ko‘ra, aksincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani, Buxoro viloyati Vobkent tumani, Namangan viloyati Namangan va Chust tumanlari, Surxondaryo viloyati Boysun, Muzrobod tumanlari, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani, Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri “qizil” va Navoiy viloyati Navoiy shahri, Toshkent viloyati Pskent tumani, Qashqadaryo viloyati Muborak tumani esa “sariq” toifa berilishi sababli ushbu hududlardagi masjidlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
“Qizil” yoki “sariq” hududlardan “yashil” hududlar qatoriga o‘tish va masjidlar o‘z faoliyatini qayta boshlashida – har bir insonning hissasi katta bo‘ladi, karantin mezonlariga amal qilish ayni matlub va shariatda buyurilgan ishdir, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:55 / 26.04.2026
Hayvonlar kasalliklari bo‘yicha karantin qoidalari tasdiqlandi
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
10:17 / 25.03.2026
272 ta masjidda favqulodda ogohlantirish uskunalari o‘rnatildi
11:22 / 24.03.2026