Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi. Bu kun davomida ikkinchisi
O‘zbekistonda kun davomida yana bir zilzila kuzatildi.
16 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:21da Afg‘onistonda yuz bergan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Afg‘onistonda, Toshkentgacha masofa 524 kilometr janubiy-sharqiy yo‘nalishda joylashgan bo‘lib, magnituda — 5,3, chuqurlik — 214 kilometr.

O‘zbekiston hududida zilzilaning kuchi 2 ballni tashkil qilgan.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Toshkent: 524 kilometr, 2 ball;
- Namangan: 482 kilometr, 2 ball;
- Andijon: 471 kilometr, 2 ball;
- Farg‘ona: 416 kilometr, 2 ball;
- Guliston: 455 kilometr, 2 ball;
- Jizzax: 458 kilometr, 2 ball;
- Samarqand: 469 kilometr, 2 ball;
- Termiz: 319 kilometr, 2 ball;
- Qarshi: 501 kilometr, 2 ball;
- Navoiy: 603 kilometr, 2 ball.
«O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmadi», deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq bugun Toshkent vaqti bilan soat 6:30da Tojikistonda ro‘y bergan 5,5 balli zilzila kuchi O‘zbekistonning turli hududlarida sezilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
00:41 / 06.12.2024
AQShda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
11:53 / 13.11.2024