Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 17 yildan keyin federal darajada o‘lim jazosini ijro etish amaliyoti qaytarilmoqda
AQSh bosh prokurori Uilyam Barr federal darajada sudlangan 4 jinoyatchiga chiqarilgan o‘lim jazosi hukmini ijro etishni buyurdi. AQSh federal hukumati o‘lim jazosini oxirgi marta 2003 yilda qo‘llagan. Biroq ba'zi shtatlarda o‘lim jazosini qo‘llash to‘xtamagan.
“Bugun qatl etilishi kuni belgilangan 4 qotil konstitutsiyamizga va qonunlarga ko‘ra to‘liq sud taftishidan o‘tdi. Biz bu dahshatli jinoyatlar qurbonlari va ularning oilalari oldida qarzdormiz va odil sudlov tomonidan chiqarilgan hukmlarni ijro etishimiz lozim”, deb aytgan Barr.
Ma'lum qilinishicha, gap bolalarni o‘ldirishda ayblangan 4 jinoyatchi haqida bormoqda. Ta'kidlanishicha, jinoyatchilar 13 iyuldan 28 avgustgacha oraliqda turli sanalarda qatl etiladi. Dastlab ular 2019 yil dekabri va 2020 yil yanvarida qatl etilishi kerak bo‘lgan, biroq o‘lim jazosi ijrosi AQSh oliy sudi tomonidan oxirgi pallada to‘xtatilgan.
The Washington Post nashrining xabar qilishicha, AQSh federal hukumati oxirgi marta o‘lim jazosini 17 yil avval, 2003 yilda amalga oshirgan. O‘shandan beri o‘limga olib keluvchi inʼeksiyalarni qo‘llash qoidalari bo‘yicha bir to‘xtamga kelinmagani sababli o‘lim jazosiga o‘ziga xos norasmiy moratoriy amal qilgan. Shu bilan birga, AQShning ba'zi shtatlarida, aksariyat janubda joylashganlarida o‘lim jazosi ijrosi to‘xtamagan. 2019 yilning o‘zida AQShda 22 kishi qatl etilgan.
Mavzuga oid
10:00
Tramp qo‘llagan nomzod Kolumbiya saylovida yetakchilik qilmoqda
09:45
AQSh, Eron va Livan ishtirokida maxsus tartibga solish guruhi tuziladi
09:28
AQSh va Eron muzokaralarning birinchi raundi yakunlandi. Nimalar ma’lum?
09:02 / 20.06.2026