Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya Apple’ga nisbatan ikkita antimonopol surishtiruv boshladi
Yevropa komissiyasi (YeK) Apple Inc kompaniyasiga nisbatan ikkita antimonopol surishtiruv boshladi. Surishtiruv doirasida kompaniyaning Apple Pay va App Store servislari raqobat qoidalarini buzganligi ehtimoli baholanadi.
Vaziyatni dastlabki baholashdan keyin regulyator "sotuvchilar ilovalariga mahsulot va xizmatlar to‘lovi uchun Apple Pay servisining integratsiya qilinishi raqobatga zid va xaridor tanlov imkoniyatini cheklaydi" degan xavotirda, deyiladi Yevrokomissiya bayonotida.
"Ma'lum bo‘lishicha, Apple sotuvchilarning mobil ilovalari hamda ularning veb saytlarida Apple Pay qay tarzda qo‘llanilishi borasida shart qo‘ygan", dedi YeK raisining ijrochi o‘rinbosari Margret Vestager.
Uning qayd etishicha, Apple kompaniyasining harakatlari mijozlarning yangi to‘lov texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatidan mahrum etmasligi muhim hisoblanadi.
"Shu bois Apple Pay qo‘llanilishini hamda uning raqobagga ta'sirini e'tibor bilan baholashga qaror qildik", dedi u.
Agar Apple aybdor deb topilsa, kompaniya yillik daromadining 10 foizigacha miqdorda jarima to‘laydi hamda amaliyotini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi surishtiruv esa App Store ilovalar do‘konining Yevroittifoq qoidalarini buzganligi bilan bog‘liq. Regulyator xususan, Apple App Store do‘konida raqobatchi servislarning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymayotganligi to‘g‘risidagi shikoyatlarni tekshiradi.
Qayd etilishicha, surishtiruv Shvetsiyaning Spotify Technology musiqiy striming servisi hamda elektron va audiokitoblar servisi shikoyatlaridan so‘ng boshlangan.
Mavzuga oid
18:16 / 19.06.2026
Buklama iPhone Ultra xususiyatlari oshkor qilindi
18:14 / 18.06.2026
Apple smartfonlari qimmatlaydi - Tim Kuk buning sababini tushuntirdi
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026