Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston va Xitoy chegaradagi mojaro yuzasidan bir-biriga e'tiroz bildirdi
Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramaniyam Jayshankar Xitoy bilan chegarada ikki davlat harbiylari ishtirokida yuz bergan mojaro yuzasidan xitoylik hamkasbi Van Iga e'tiroz bildirdi.
Jayshankar mojarodan keyin Van I bilan telefon orqali bog‘lanib, to‘qnashuvlar ikki tomonlama munosabatlarga jiddiy ta'sir qilishi mumkinligini aytgan.
Hindiston tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, Xitoy zo‘ravonlikka va qurbonlarga olib kelgan oldindan o‘ylangan va rejalashtirilgan harakatlarni amalga oshirgan. “Ayni vaqtda Xitoy tomoni o‘z harakatlarini qayta ko‘rib chiqishi va vaziyatni to‘g‘rilovchi qadamlar qabul qilishi lozim”, deyilgan Hindiston tashqi ishlar vazirligida.
“Ikki tomon qo‘shinlari ikki tomonlama kelishuvlar va bayonnomalarga amal qilishi lozim. Ular chegaradagi nazorat liniyasiga rioya qilishlari va uni o‘zgartirish uchun bir tomonlama harakatlar amalga oshirmasligi lozim”, deyilgan Hindiston tomoni xabarida.
Shu bilan birga, suhbat natijalariga ko‘ra, tomonlar vaziyat mas'ul tarzda hal qilinishi va ikki tomon kelishuvlarni sidqidildan bajarishiga kelishib olingan. “Biror tomon vaziyatni keskinlashtiradigan birorta harakat amalga oshirmaydi, buning o‘rniga ikki tomonlama kelishuvlarga ko‘ra tinchlik va osoyishtalikni ta'minlaydi”, deyilgan xabarda.
Xitoy tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, Xitoy tashqi ishlar vaziri ham Hindistonga e'tiroz bildirgan va Nyu-Dehlidan voqeaning tergov qilinishi va aybdorlarning jazolanishini talab qilgan. Van I Hindistonni ig‘vo qilishdan tiyilishga chaqirgan.
Hindiston va Xitoy harbiylari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 16 iyunga o‘tar kechasi Ladakx provinsiyasida yuz bergan. Manbalarning ma'lum qilishicha, mojaro vaqtida o‘qotar qurol qo‘llanmagan. Ta'kidlanishicha, Hindiston mojaro davomida 20 harbiyni yo‘qotgan. Xitoy tomonidan esa 43 kishi o‘ldirilgan va og‘ir yaralangan. Biroq bu ma'lumotning rasmiy tasdig‘i keltirilmagan.
Ushbu chegaraoldi hududida vaziyat may boshida 250 ga yaqin xitoylik va hindistonlik harbiylar ishtirokida mushtlashuv yuz bergandan keyin keskinlashgan. O‘shanda ikki tomondan 100 dan ko‘proq kishi jarohat olgan.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
18:39 / 16.06.2026