«Birinçidan, taqdimotlar va munozaralardan körinib turibdiki, Özbekiston hukumati davlat qarzi sohasidagi siyosatni juda ehtiyotkorlik bilan olib borgan hamda past darajadagi taşqi qarz va şu bilan birga katta valuta zaxiralariga ega.
Şuni ham ta'kidlaş kerakki, taşqi qarzning katta qismi asosan imtiyozli kreditlar asosida, juda past foiz stavkalari va uzoq muddatga - 10 yilgaça yoki undan ortiq muddatga jalb qilingan. Qarz manbalariga nazar taşlaydigan bölsak, Özbekiston diversifikatsiyalangan davlat qarz portfeliga ega, Xalqaro moliya institutlaridan mablağlar 33 foizni taşkil qilsa, ikki tomonlama kreditlar böyiça qarzi 23 foiz, davlat içki qarzi qariyb 29 foiz va 5 foizi yevrobondlar uluşiga töğri keladi», dedi Rajyeş Vasudevan.
U keltirgan ikkinçi şarh koronavirus pandemiyasi keltirib çiqargan noaniqlik vaziyati va uning ijtimoiy-iqtisodiy salbiy ta'siri bilan boğliq.
«Covid-19 pandemiyasi keng miqyosdagi noaniqlikni keltirib çiqargan. Ya'ni hukumatlardan yangi çoralarni talab qiluvçi, virus tarqalişining ikkinçi oqimi yuzaga keladimi? Zero joriy vaziyatda ham pandemiya nafaqat mintaqada, balki butun dunyo miqyosida salbiy makroiqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy salbiy ta'sir körsatdi.
Özbekistonga kelsak, Xalqaro valuta jamğarmasining prognozlari asosan Covid-19 pandemiyasidan oldingi yil oxiriga qadar 6 foiz ösişdan 1,5 foizgaça pasaytirildi. Budjet daromadlarining kamayişi, yordam va ijtimoiy xarajatlarning oşişi, şuningdek, davriy moliyalaştiriş natijasida taxminan 2,3 milliard budjet taqçilligi yuzaga kelişi prognoz qilinmoqda. Bu YaIMning 5,6 foizini taşkil etadi.
Uşbu örinda Osiyo taraqqiyot banki va boşqa rivojlaniş böyiça hamkorlardan moliyaviy kamomadni töldiriş uçun yordam olinişi közda tutilgan. Xalqaro valuta jamğarmasi va Jahon bankining qarzlar barqarorligi böyiça tahlillari singari, biz ham öz içki baholaşlarimizni ötkazdik va umumiy natijalar qarz darajasi barqaror bölişi, uni boşqariş jihatidan xavflar mavjud emasligini körsatdi», dedi Osiyo taraqqiyot banki boş iqtisodçisi.
Rajyeş Vasudevan gloabal iqtisodiy noaniqlikka qaramay, Özbekiston hukumati tomonidan barça javob çoralari amalga oşirilyapti deb hisoblaydi.
«Uçinçi fikrga töxtaladigan bölsam, öylaşimça iqtisodiy noaniqlik natijasida hukumatning qator rejalariga özgarişlar kiritildi. Global noaniqlikka qaramay, barça javob çoralari amalga oşirilmoqda. Asosan, töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş uçun hukumat tomonidan kelajakda rejalaştirilgan emissiyalardan ham yaxşi natijalar kutiş mumkin.











