Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA’ning yangi qurilmasi Marsga koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar sharafiga esdalik yetkazadi
NASA Marsga bir oydan keyin jo‘natishni rejalashtirayotgan yangi marsoxod Perseverance (Qat'iyatlik) koronavirusga qarshi kurashayotgan dunyodagi barcha shifokorlar sharafiga olis sayyoraga xotira taxtachasini yetkazadi. Bu haqda NASA’ning reaktiv harakat laboratoriyasi JPL’da ma'lum qilindi.
Hozirda loyiha jamoasi marsoxodni parvozga tayyorlamoqda. Qurilmani keyingi haftada kosmodromga jo‘natish rejalashtirilgan. JPL’da ta'kidlanishicha, marsoxod shassisining chap tomonida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashayotgan barcha shifokorlarga hurmat sifatida 8 smga 13 smlik alyuminiydan ishlangan xotira taxtachasi o‘rnatilgan. Unga tibbiyot ramzi hisoblangan Asklepiy hassasi ustida turgan Yer shari va orqa fonda marsoxodning trayektoriyasi tasvirlangan surat tushirilgan. Ushbu taxtacha Qizil sayyorada abadiy qoladi va undagi birinchi shunday esdalik bo‘ladi.
On track for launch in just over a month. The road has been long, but we’re persevering, inspired by the global medical community that’s gone above and beyond during #COVID19. That’s why I’m carrying this tribute plate for them, above and beyond to Mars. https://t.co/ye5Ab6oNrF pic.twitter.com/t0xbX4JpAj
— NASA's Perseverance Mars Rover (@NASAPersevere) June 17, 2020
Ta'kidlash joiz, halok bo‘lgan astronavtlar va kosmonavtlar sharafiga Oyda yodgorlik mavjud.
Ma'lum qilinishicha, marsoxod Qizil sayyoraga “Mars-2020” missiyasi doirasida 20 iyulda jo‘natiladi. Yangi marsoxod Marsga 2021 yil fevralida qo‘ndirilishi kutilmoqda. Qurilma Marsda bir sutkada o‘rtacha 200 metr yo‘l bosib o‘tadi. Missiya dasturi doirasida turli tadqiqotlar o‘tkaziladi. Jumladan, tadqiqotchilar sayyoradagi geologik jarayonlarni o‘rganishni va bir joyga turli jinslar namunalarini to‘plashni rejalashtirishmoqda. Ushbu namunalar Yerga boshqa missiyalar doirasida yetkazilishi mumkin. Marsoxod, shuningdek, odamlarni Marsga qo‘ndirish bilan bog‘liq texnologiyalarni sinovdan o‘tkazadi. Qurilma bilan birga Qizil sayyoraga Mars Helicopter dronini jo‘natish rejalashtirilgan.
Qurilmani Marsdagi Yezero krateriga qo‘ndirish rejalashtirilgan. Olimlarning taxmin qilishicha, bir vaqtlar Yezero kraterida daryo deltasi joylashgan bo‘lib, unda Marsda milliardlab yillar oldin yashagan organik moddalar va boshqa mikroorganizmlarning ehtimoliy izlari to‘plangan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
18:57 / 09.02.2026
Ilon Mask endi Mars emas, Oyda shahar yaratish ustuvor ekanini aytdi
08:07 / 02.02.2026
Marsda “tungi fotosessiya”: Curiosity sun’iy yoritishdan foydalandi
14:38 / 14.11.2025
NASA Marsga EscaPade pilotsiz missiyasini muvaffaqiyatli uchirdi
11:30 / 24.10.2025