Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Xitoy koronavirusni butun dunyoga ataylabdan tarqatgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi
AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, Xitoy hukumati ataylabdan koronavirusning boshqa mamlakatlarga tarqalishining oldini olmagan. U bu haqda The Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida aytdi.
Uning fikricha, Pekin shu yo‘l bilan boshqa davlatlar iqtisodiyotiga zarar yetkazishga uringan bo‘lishi mumkin. Tramp pandemiyaga qadar AQShdagi iqtisodiy vaziyat yaxshi bo‘lganligini eslatib o‘tdi.
U razvedka xizmatlari bu taxminni tasdiqlaydigan hech qanday ma'lumotga ega bo‘lmaganini tan oldi. Qayd etilishicha, Trampning fikriga ko‘ra, Xitoy hukumati virus tarqalishiga qarshi kurashda qandaydir xatolarga yo‘l qo‘ygan.
Xitoy virusning boshqa mamlakatlarga tarqalishiga ataylabdan to‘sqinlik qilmaganligi ehtimoli haqida gapirarkan, Tramp: "Ular shunday qilishlari mumkin edi deb o‘ylamayman. Ammo bilib bo‘lmaydi. Bu zarar yetkazdi", - dedi.
Tramp ilgari ham epidemiya boshlanishiga Xitoy javobgar ekanligini aytgandi. Vashington Pekinni virusning paydo bo‘lishi va infeksiya tarqalish miqyosi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yashirishda ayblamoqda.
Mavzuga oid
10:55 / 17.07.2026
Tramp: Xitoy 2020 yilgi AQSh saylovlariga aralashgan
09:25 / 17.07.2026
Quyosh panellari va qo‘ylar Xitoyda cho‘lni qayta tiriltirdi
22:31 / 16.07.2026
Xitoyda o‘ta realistik U1 odamsimon-hamroh roboti taqdim etildi
20:05 / 15.07.2026