Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 37,3 mingtaga ko‘paydi - Statqo‘m

2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi - 65,7 foiz, sanoat - 17,3 foiz, qurilish - 9,0 foizga yetdi va atigi 8,0 foizi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasi hissasiga to‘g‘ri keldi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar yuqori ulushni (40,5 foiz) egallaydi. Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 9,7 foizni tashkil etdi.
Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida tashish va saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 5,7 foizga yetdi. Axborot va aloqa faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning jami xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibidagi ulushi 3,0 foizga teng bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 2,9 foizni tashkil etdi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 37,3 mingtaga ko‘paydi.
Kuzatilayotgan davrning o‘tgan yilga nisbatan savdo faoliyati sohasida yuqori o‘sish – 27,5 foiz ekanligi kuzatildi. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 24,4 mingtaga ko‘paydi va 113,3 mingtaga yetdi.
Shuningdek, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar bilan bog‘liq faoliyatda ham o‘sish kuzatildi - 17,1 foiz. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 3,9 mingtaga ko‘paydi va 27,0 mingtani tashkil etdi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya «Tolibon»ni tan oldi, Tramp Putindan xafa – hafta dayjesti
Jahon | 17:13
-
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentni yana hibsga olishni so‘ramoqda
Jahon | 17:11
-
Yaman husiychilari Isroil poytaxti aeroportiga raketa zarbasini berdi
Jahon | 16:07
-
Havo harorati qanday o‘lchanadi? Toshkent observatoriyasidan reportaj
O‘zbekiston | 16:01
Mavzuga oid

23:25 / 05.07.2025
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi

12:09 / 02.07.2025
Palov xarajatining hududlar kesimidagi narxi e’lon qilindi

11:25 / 01.07.2025
Iyun oyida 0,2 foizlik deflyatsiya qayd etildi

13:25 / 26.06.2025