Jahon | 03:53 / 20.06.2020
13055
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiyaning pandemiyadan minimal yo‘qotishlar bilan chiqishi sababini tushuntirdi

Foto: Izvestiya

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta'kidlashicha, pandemiya xavfi odamlarni birlashtirdi, bu esa vaziyatdan minimal yo‘qotishlar bilan chiqish imkonini berdi. Putin bu haqda turli sohalar vakillari bilan videoaloqa formatida o‘tgan suhbatda aytib o‘tdi.

“Eng asosiysi, bu vaziyat barchamizni birlashtirdi, bu faktdir. Bu esa yuzaga kelgan vaziyatdan eng kam yo‘qotishlar bilan chiqishimizga imkon berdi”, deb ta'kidlab o‘tgan Putin. 

Rossiya prezidentining aytishicha, ijobiy misollar va tendensiyalar ko‘p, biroq muammolar ham talaygina ekanini unutmaslik lozim. “Hammasi ham hammayoqda istaganimizdek yaxshi emas. Odamlar ba'zida tez va samarali hal qila olmaydigan muammolarga to‘qnash keladilar”, deb aytgan prezident. Uning ta'kidlashicha, bu qiyinchiliklarni yengish mumkin: buning uchun tez va katta xarajatlarsiz mehnat unumdorligini oshirishga imkon beruvchi ijobiy amaliyotlarni ko‘paytirish lozim. 

Ayni vaqtda Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 569 mingdan ko‘proqni, undan vafot etganlar soni 7841 nafarni tashkil qilmoqda. So‘nggi sutkada mamlakat bo‘ylab 7972 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid