Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya va Ispaniya epidemiya boshlangandan keyin birinchi marta umumiy chegarani ochdi
21 iyunda Fransiya va Ispaniya Yevropada koronavirus epidemiyasi boshlangandan keyin umumiy chegarani ochdi. Davlatlar orasida avtomobil qatnovi tiklangan.
Chegarani kesib o‘tishga taqiqlov Ispaniya tomondan yarimtunda olib tashlangan. Fransiya esa Yevropa ittifoqi fuqarolari uchun chegaralarini kesib o‘tishga taqiqlovni 15 iyunda bekor qilgandi. Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda Pertyus o‘tkazish punktida Fransiya tomon avtomobillar qatnovi Ispaniya tomonga qaraganda faolroq ekanligi kuzatilmoqda. Ko‘plab kataloniyaliklar Fransiyaga yaqinlarini ko‘rgani yo‘l olishgan. Fransuzlar esa Ispaniyaga asosan xarid uchun yo‘l olishmoqda. Ta'kidlanishicha, qo‘shni davlatda bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan go‘sht arzonroq turadi. Shuningdek, Ispaniyada tamaki va pardoz-andoz mahsulotlari Fransiyadagiga qaraganda ancha arzonroq.
Ikki davlat o‘rtasidagi aloqaga taqiqlov deyarli 100 kun davom etgan.
Mavzuga oid
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
09:25 / 03.07.2026