Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp milliy bayroqni yoqib yuborganlik uchun qamoq jazosi berishga chaqirdi
Foto: AP Photo/Alex Brandon
AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh milliy bayrog‘ini yoqib yuborish bir yilga ozodlikdan mahrum etilish bilan jazolanadigan qonunni qabul qilishga chaqirdi.
Tramp bunday taklifni Talsa shahrida o‘z tarafdorlari ishtirokidagi mitingda bildirgan.
“Ikki kun avval so‘l radikallar Portlendda (Oregon shtati) Jorj Vashington haykalini ag‘darib tashlab, uni AQSh bayrog‘iga o‘rab, bayroqni yoqib yuborishdi”, deb aytgan Tramp o‘z tarafdorlari oldidagi nutqida.
“Biz kimda-kim AQSh bayrog‘ini yoqib yuborsa, u bir yilga qamoqqa jo‘naydigan qonunni qabul qilishimiz lozim”, deb aytgan prezident.
AQSh qonunchiligi bayroqni yoqishni man qilmaydi, chunki bu huquq, oliy sudning talqin qilishicha, mamlakat qonstitutsiyasiga so‘z erkinligi haqidagi tuzatma bilan himoyalangan.
Portlendda namoyishchilar 18 iyunda AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashingtonga o‘rnatilgan haykalni ag‘darib tashlashdi. Namoyishchilar bronzadan ishlangan haykalni dastlab bayroqqa o‘rab, so‘ngra bayroqni yoqib, haykalni ag‘darib tashlashgan. Ular haykalga qizil bo‘yoqda “1619” yozuvini tushirishgan. Ta'kidlanishicha, aynan shu yilda AQShga ilk afrikalik qullar keltirila boshlangan.
Jorj Vashington AQShga asos solgan shaxslardan biri hisoblanadi. U mustaqillik uchun urushda kontinental armiyaga boshchilik qilgan, keyinroq konstitutsion konvent raisi etib tayinlangan. Oxirgi yillarda qora tanlilar huquqlari uchun kurashchilar Vashingtonning faoliyatini quldor bo‘lgani sababli tanqid qilib kelishadi.
Mavzuga oid
20:54 / 18.01.2026
Makron AQShga qarshi javob choralari ko‘rishni taklif qilmoqda
23:27 / 17.01.2026
AQShdagi o‘qituvchilar xavotirda: zumerlar o‘qishni unuta boshladi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
21:35 / 17.01.2026