Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Faoliyatiga ruxsat berilgan sub'yektlarda karantin talablariga rioya qilinmayotgani aniqlanmoqda. Nazorat kuchaytiriladi
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazoratini ta'minlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar belgilandi.
Qayd etilishicha, 8 iyundan boshlab «sariq» va «yashil» hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berilgan edi (damas, mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno).
«Biroq, bu boradagi monitoring natijalari avtobus salonida ijtimoiy masofani saqlash bilan bog‘liq karantin talablarini buzib, tirbandlik hosil qilgan holda yo‘lovchi tashish holatlari uchrayotganligini ko‘rsatmoqda. Bu esa, aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat sifatida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi», deyiladi komissiya qarorida.
Shu munosabat bilan, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va Transport vazirligiga avtobus reyslarida tirbandlikka yo‘l qo‘ymaslik hamda boshqa sanitariya-epidemiologiya talablariga qat'iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.
Shuningdek, faoliyatiga ruxsat berilgan tadbirkorlik sub'yektlarida ham belgilangan tartiblarga to‘liq amal qilinmayotgani qayd etilib, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi nazorat tadbirlarini kuchaytirish vazifasi qo‘yilgan.
«Karantin cheklovlari sharoitida ruxsat berilgan sohalarda qayta tiklangan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyati monitoringi natijalari ayrim hollarda sanitariya-epidemiologik talablar bu haqda mutasaddi tashkilotlar ogohlantirganidan so‘ng ham takroran buzilayotganligi, shu jumladan, fuqarolar tana haroratini o‘lchagan holda obektga kiritish, ularni ijtimoiy masofaga rioya etgan holda joylashtirish, muntazam dezinfeksiya ishlarini o‘tkazish, xodimlarni tibbiy niqob va qo‘lqop bilan ta'minlash kabi talablarga yetarli darajada rioya etmaslik, tana haroratini o‘lchamay, tegishli himoya vositalari bilan ta'minlanmagan fuqarolarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga jalb qilish holatlari aniqlanmoqda.
Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasiga jamoat joylarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etilishi ustidan nazorat tadbirlarini (reydlarni) muntazam ravishda kuchaytirilgan tartibda tashkil etib borish yuklatildi», deyiladi komissiya qarorida.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli hududda karantin qoidalariga to‘liq rioya etilishini ta'minlash uchun shaxsan javobgar ekanliklari belgilandi.
Bunda tegishli hududda karantin talablarini ta'minlamaganligi tufayli fuqarolarga koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy ta'sir chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026