Farmonga muvofiq, quyidagilar Özbekiston Respublikasining inson huquqlari böyiça xalqaro şartnomalari normalarini bajariş yuzasidan mas'ul davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining asosiy yönalişlari etib belgilandi:
- xalqaro taşkilotlarning inson huquqlarini himoya qiliş böyiça tavsiyalarini amalga oşirişga qaratilgan milliy harakat rejalari (“yöl xaritalari”)ning sözsiz bajarilişini ta'minlaş;
- qonunçilik va huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştirişga qaratilgan çora-tadbirlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş orqali BMTning inson huquqlari böyiça ustav organlari va şartnomaviy qömitalarining tavsiyalarini bajarişga tösqinlik qilayotgan sabab va şaroitlarni aniqlaş, tahlil qiliş hamda bartaraf etiş;
- Özbekiston Respublikasining inson huquqlari böyiça xalqaro majburiyatlarini bajariş sohasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatçilik palatasi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni amalga oşiriş.
Hujjat bilan, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi”, BMTning inson huquqlari böyiça ustav organlari va şartnomaviy qömitalari xabarnomalari va qarorlarini körib çiqiş yuzasidan Özbekiston Respublikasi davlat organlarining özaro hamkorlik qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Farmon bilan şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:
- a) Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi Milliy strategiya va “Yöl xaritasi”ning amalga oşirilişi yuzasidan:
- muntazam monitoring olib borib, çora-tadbirlar sifatli va öz vaqtida ijro etilişi böyiça taklif va tavsiyalarni tegişli vazirlik va idoralarga kiritib boradi;
- doimiy ravişda aniq körsatkiçlar va erişilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotni öz veb-saytida joylaştirib boradi;
- har çorakda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlaştirilgan ma'lumot kiritadi;
- axborot-tahliliy şarhlar tayyorlanişi, xorijiy tillarga tarjima qilinişi va e'lon qilinişini ta'minlaydi;
- b) “Yöl xaritasi”da belgilangan mas'ul ijroçilar özlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi töğrisidagi ma'lumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Markazga taqdim etadi.
- Bunda, vazirlik va idoralarning birinçi rahbarlari “Yöl xaritasi”da belgilangan vazifalarning töliq, sifatli va öz vaqtida amalga oşirilişi uçun şaxsan javobgardir;












