Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand ko‘chalarida uch kun mobaynida harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi
Samarqand shahrida uch kun mobaynida - 23–25 iyun kunlari bir necha bosqichdan iborat o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB axborot xizmati ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, rejali tarzda o‘tkazilayotgan ushbu mashg‘ulotga IIB, Milliy gvardiya qo‘shinlari va Markaziy harbiy okrug bo‘linmalari jalb etiladi.
Aholidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilayotganini to‘g‘ri tushunishlari, vahimaga berilmasliklari, ijtimoiy tarmoqlarda asoslanmagan xabarlar tarqatmasliklari so‘raladi.
Kun.uz o‘quv mashg‘ulotining o‘tish jarayonini kuzatib boradi, mashg‘ulot va ularni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsadlar haqida xabar berib boradi.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
10:25 / 01.07.2026