Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijdan qaytganlar karantinni mehmonxonalarda o‘tkazishi ham mumkin bo‘ladi
Karantin xorijdan O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar 14 kunlik karantin muddatini karantin markazlarida emas, ma'lum to‘lov evaziga mehmonxonalarda ham o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarorida aytilgan.
«Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ularning hohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin nazorati davrini haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazish huquqi berildi. Endilikda yuqoridagi toifa davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta'minlanadigan karantin markazlarida yoxud haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.
Fuqarolar karantin nazorati davrini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan mehmonxonalar ro‘yxati Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan shakllantiriladi.
Fuqarolar karantin nazorati davrini mehmonxonada o‘tkazishda Karantin nazorati davrini mehmonxonalarda o‘tkazishning vaqtinchalik tartibiga qat'iy rioya etishlari talab etiladi», deyiladi komissiya qarorida.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli hududda karantin qoidalariga to‘liq rioya etilishini ta'minlash uchun shaxsan javobgar ekanliklari belgilangan.
Bunda tegishli hududda karantin talablarini ta'minlamaganligi tufayli fuqarolarga koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy ta'sir chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 15 iyundan xalqaro aviaqatnovlarni qisman tikladi, xorijdan keluvchi reyslar ham «yashil», «sariq» va «qizil» reyslarga ajratiladi.
- Yashil reyslar — Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va Isroil davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) kirib kelgan shaxslar karantin nazoratiga olinmaydi.
- Sariq reyslar — Yevropa Ittifoqi, Malayziya, Tailand, Singapur davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida uy karantini nazoratiga olinadi.
- Qizil reylar (evakuatsiya reyslari) — qolgan boshqa davlatlar, shu jumladan, BAA, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Rossiya va boshqa MDH davlatlaridan kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida karantin nazoratida saqlanadi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026