Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya bosh vaziri konstitutsiyaga tuzatishlar kiritishni rejalashtirmoqda
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe mamlakat konstitutsiyasiga tuzatmalar kiritish bo‘yicha milliy referendum o‘tkazishni rejalashtirmoqda. U bu maqsadda vakolatlari tugashigacha ovoz berishni tashkillashtirmoqchi.
Foto: REUTERS
Ta'kidlanishicha, Abening vakolatlari 2021 yil sentyabrda yakunlanadi.
“Menda Liberal-demokratik partiya raisi sifatida bir yil 3 oy vaqt qoldi va men bu muddat ichida referendum o‘tkazmoqchiman”, deb aytgan Abe. Uning fikricha, 70 yil avval tuzilgan konstitutsiya hozirgi talablarga javob bermaydi va uni o‘zgartirish lozim.
Gap, jumladan, konstitutsiyaning 9-moddasi haqida bormoqda. Unda Yaponiyaning harbiy salohiyatga ega bo‘lish va qurolli kuchlarni xalqaro bahslarda qo‘llashdan voz kechishi belgilab qo‘yilgan. Ta'kidlanishicha, bu modda Tokioga harbiy imkoniyatlarini oshirishga to‘sqinliq qilmoqda. Abe bir necha yildan beri bu vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilib kelmoqda. U hattoki 2019 yilda otasi qabri ustida konstitutsiyaga tuzatmalar kiritishni parlamentda jiddiy muhokama qilishga va'da bergan.
Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish uchun umummilliy referendum o‘tkazish rejalashtirilgan. Referendum o‘tkazish uchun parlamentning ikki palatasi deputatlarining uchdan ikki qismi buni ma'qullashi kerak. Abe parlamentning quyi palatasida yetarlicha tarafdorlarga ega, biroq yuqori palatada bunday emas.
Bu orada Yaponiya aholisining katta qismi mamlakatning xalqaro bahslarda ishtirok etishi Yaponiyani unga qarshi davlatlar nishoniga aylantirishi mumkinligidan xavotirlanib, 9-moddaga tuzatmalar kiritilishini istamayapti.
Mavzuga oid
22:40 / 06.01.2026
Yaponiyadagi auksionda tuna balig‘i millionlab dollarga sotildi
10:08 / 26.12.2025
Yaponiya 17 ta qon quyish muassasasiga zamonaviy uskunalarni yetkazib beradi
10:53 / 25.12.2025
Yaponiya Markaziy Osiyoda 3 trillionlik yangi loyihalarni rejalashtirmoqda
19:14 / 21.12.2025