Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy sud qaroridan qat'i nazar karantinni buzgani uchun jarima summasini to‘lashga va'da berdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy unga nisbatan chiqariladigan sud qaroridan qat'i nazar, 3 iyunda Xmelnitskiydagi kafeda karantin rejimini buzgani uchun tayinlangan jarimaga teng summani kafega to‘lab berishga va ma'muriy qoidabuzurlik haqida qaror chiqarilsa, uni o‘tashga va'da berdi.
Zelenskiyning aytishicha, u ukrainalik sifatida karantinni buzgani uchun javobgarlikni his qiladi. “Kafe hisobiga jarima summasiga teng summani ixtiyoriy tarzda o‘tkazib beraman. Shu bilan birga sud tomonidan meni ma'muriy javobgarlikka tortish haqida qaror chiqarilsa, uni Ukraina qonunida ko‘zda tutilgan tarzda o‘tayman”, deb aytgan Ukraina prezidenti.
Zelenskiy kafe ichkarisida hamrohlari bilan birga qahva ichgan, vaholanki karantin tufayli tashrif buyuruvchilarni kafening yozgi maydonlaridagina joylashtirishga ruxsat berilgan bo‘lgan.
Shundan keyin politsiyachilar Zelenskiyga va unga hamrohlik qilgan kishilarga ma'muriy bayonnoma tuzishgan. O‘shanda prezident bilan birga bo‘lgan bosh sanitar vrach Viktor Lyashko ular Xmelnitskiyda kafening ichkarisi ochilishga tayyorligini tekshirishmoqchi bo‘lishgani aytgan.
19 iyunda sud Zelenskiy bilan kafeda birga bo‘lgan barchani karantin qoidalarini buzganlik uchun jarimaga tortgani ma'lum bo‘lgan. Jumladan, prezident ofisi rahbari Andrey Yermak, uning birinchi o‘rinbosari Sergey Trofimov, bosh sanitar vrach Viktor Lyashko, Xmelnitskiy oblasti rahbari Dmitriy Gabinet, Xmelnitskiy shahri meri Aleksandr Simchishin va xususiy tadbirkor Andrey Melnichenko 17 ming grivnadan (640 dollar) jarimaga tortilgan.
Shu bilan birga sud Zelenskiyga nisbatan ishni konstitutsiyaning prezident daxlsizligi haqidagi normasi rasman talqin qilingungacha to‘xtatib turishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026